Toshkentda “Burch, jasorat, matonat!” ko‘rgazmasi ochildi
Toshkentda “Burch, jasorat, matonat!” ko‘rgazmasi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Fotosuratlar Uyida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan an’anaviy ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent Fotosuratlar Uyida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan an’anaviy ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazma Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlandi. Ayniqsa, yosh ijodkorlarning ishtirok etishi ko‘rgazma mazmuniga zamonaviy ruh va yangi badiiy qarashlar bag‘ishladi. Ular tarixiy xotira, vaqt va inson qadriyati mavzularini shaxsiy hissiyot va individual yondashuv asosida talqin etdilar.Ko‘rgazmada faxriylar shu’basi raisi A. Batikovning “Mangulik xotira”, V. Kuznetsovning “Bobomning portreti”, “Buxoro mavzusi”, E. Shubinaning “Yodda tut”, “Xotira”, F. Muhammadjanovning “Cho‘rtan baliqli naturmort” va “Chukotkada yoz” kabi asarlari namoyish qilindi. Shuningdek, E. Nurmanov, D. Azizov va A. Tillyayevaning asarlari ekspozitsiyaning badiiy ta’sirchanligini yanada kuchaytirdi. Fotograf Rustam Sharipov tomonidan yaratilgan foto portretlar ham tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Ko‘rgazmada turli avlod vakillari bo‘lgan rassom va fotograflarning rangtasvir, grafika va fotografiya yo‘nalishidagi asarlari namoyish etildi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent Fotosuratlar Uyida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan an’anaviy ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazma Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlandi.
Ekspozitsiyaning asosiy g‘oyasi — urush xotirasi, inson jasorati, matonat va tinchlik qadrini badiiy obrazlar orqali yoritishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada portret, manzara, naturmort hamda mavzuli kompozitsiyalar o‘rin oldi. Shu bilan birga, tinch hayot, mehnat va inson qadriyatlarini aks ettiruvchi asarlar ham keng jamoatchilik e’tiborini tortdi.
Ayniqsa, yosh ijodkorlarning ishtirok etishi ko‘rgazma mazmuniga zamonaviy ruh va yangi badiiy qarashlar bag‘ishladi. Ular tarixiy xotira, vaqt va inson qadriyati mavzularini shaxsiy hissiyot va individual yondashuv asosida talqin etdilar.
“Ushbu ko‘rgazma nafaqat tarixiy xotiraga ehtirom, balki turli avlod ijodkorlarini birlashtirgan ma’naviy va badiiy muloqot maydoniga aylandi, — deydi ko‘rgazma tashkilotchisi Rustam Sharipov.”
Ko‘rgazmada faxriylar shu’basi raisi A. Batikovning “Mangulik xotira”, V. Kuznetsovning “Bobomning portreti”, “Buxoro mavzusi”, E. Shubinaning “Yodda tut”, “Xotira”, F. Muhammadjanovning “Cho‘rtan baliqli naturmort” va “Chukotkada yoz” kabi asarlari namoyish qilindi. Shuningdek, E. Nurmanov, D. Azizov va A. Tillyayevaning asarlari ekspozitsiyaning badiiy ta’sirchanligini yanada kuchaytirdi. Fotograf Rustam Sharipov tomonidan yaratilgan foto portretlar ham tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.