Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘ida xotira marosimida ishtirok etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Obuna bo‘lish
G‘alaba bog‘ida prezident "Matonat madhiyasi" va "Millat fidoyilari" yodgorlik majmualari poyiga gul qo‘ydi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib xotira marosimida ishtirok etdi.
An’anaga muvofiq, prezident “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.
– Bugun oramizda sog‘-salomat yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylari, barcha nuroniylarimizga alohida mehrimiz, ehtiromimizni izhor etamiz. Ushbu majmua buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan ko‘p millatli xalqimizning jasorati va qahramonligini tarannum etadigan tabarruk maskan, desak, to‘g‘ri bo‘ladi, – dedi davlat rahbari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan O‘zbekiston aholisining qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.
Tadbirda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari va nuroniylar ham ishtirok etib, mazkur yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘idagi “Millat fidoyilari” xiyobonida ham bo‘lib, mustaqillik yillarida mamlakatimiz himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
– Bir yil oldin mana shu hududda “Millat fidoyilari” majmuasini barpo etganimiz, albatta, bejiz emas. U Vatan himoyasi har bir avlodning muqaddas ishi ekani, vatanparvarlik an’analari davomiyligini eslatib turadi, – dedi prezident.
Majmuada mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, el-yurtimiz tinchligi yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan 196 nafar harbiy xizmatchi va huquq-tartibot organlari xodimlarining nomlari muhrlab qo‘yilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Shavkat Mirziyoyev G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0