Prezident Urush faxriylarini ziyorat qidi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda Leningrad qamalida bo‘lganlar bor.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitalida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini ziyorat qilib, bayram bilan tabrikladi.
Davlat rahbari Akmal ota Akramov, Vera Juravskaya, Hasanboy ota Xalmatov va Vladimir Alekseykov bilan dildan suhbatlashdi. Nuroniylarning hol-ahvoli va salomatligi bilan qiziqdi. Ularning mashaqqatli hayot yo‘li hamda ko‘rsatgan jasoratlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident posetil Glavniy voyenniy klinicheskiy gospital Voorujennix Sil, gde navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
– Sizlar tarixning jonli guvohi, matonat timsolisizlar. Sizdek tabarruk insonlar bilan uchrashish, o‘gitlaringizni tinglash bizga katta ma’naviy kuch bag‘ishlaydi. Xalqimiz sizlar bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bugungi tinch va ozod kunlar, avlodlarning baxtiyor istiqboli sizlarning mislsiz fidokorligingiz mahsulidir. Sizlarning ibratli hayot yo‘lingiz yoshlarimiz uchun haqiqiy matonat maktabidir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident posetil Glavniy voyenniy klinicheskiy gospital Voorujennix Sil, gde navestil uchastnikov Vtoroy mirovoy voyni.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezidentning 2026-yil 16-apreldagi qaroriga muvofiq, urush va mehnat faxriylariga yuksak darajada ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari davlatimizning doimiy g‘amxo‘rligida. Ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish barobarida salomatliklarini tiklash uchun respublikamizning eng yaxshi sanatoriylariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratilgan.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 60 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari hamda Leningrad qamalida bo‘lganlar bor.