O‘zbek askarini qutqargan Britaniya oilasiga "Do‘stlik" ordeni topshirildi

© IA "Dunyo"Britaniya oilasiga "Do‘stlik" ordeni topshirildi
Britaniya oilasiga Do‘stlik ordeni topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Obuna bo‘lish
Ingliz oilasi konslargerdan qochgan o‘zbek askarini 3-yil davomida o‘z uyida nemislardan yashirib kelgan.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. La-Mansh bo‘g‘ozida joylashgan Jersi orolida fashistlar konslageridan qochgan o‘zbek askari Boqijon Akramovning hayotini saqlab qolgan Britaniya oilasiga yuksak mukofot topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

G‘alabaning 81-yilligi arafasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
Mukofotni O‘zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov marhum oilaning farzandlari – Dalsi va Alan Le Bretonlarga tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlash marosimi Dalsi Le Breton davolanayotgan “Cheval Roc” qariyalar uyida bo‘lib o‘tdi.
Dalsi va Alan Le Bretonlar ota-onalari xotirasini iliq so‘zlar bilan yodga olib, O‘zbekiston xalqiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Ular fashizm butun insoniyat uchun tahdid bo‘lganini, g‘alaba esa xalqlarning birligi va o‘zaro yordami tufayli qo‘lga kiritilganini ta’kidladi.
Shuningdek, ular Boqijon Akramov haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, oila a’zolari orasida “Tom amaki” nomi bilan tanilgan o‘zbek askari mehnatkashligi, kamtarligi va insoniy fazilatlari bilan qisqa vaqt ichida oilaning mehrini qozonganini qayd etdi.
© IA "Dunyo"Britaniya oilasiga "Do‘stlik" ordeni topshirildi
Britaniya oilasiga Do‘stlik ordeni topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2026
Britaniya oilasiga "Do‘stlik" ordeni topshirildi
Oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Boqijon Akramov urush boshlangach, armiyaga safarbar etilgan va Ukraina frontiga jo‘natilgan. Janglardan birida u asir olingan va konslagerga jo‘natilgan.
1942 yil iyul oyida u ikki ming asir bilan birga Jersi oroliga olib kelinib, yerosti tunnellar qurilishiga jalb etilgan. Oylab davom etgan ochlik va og‘ir sinovlar qaramasdan, u asirlikdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Le Bretonlar oilasi esa hayotini xavf ostiga qo‘yib, qochqin askarga o‘z uyidan boshpana berib, uni deyarli uch yil davomida fashistlardan yashirib kelgan. 1945-yil may oyida Boqijon Akramov O‘zbekistonga qaytib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0