TOShKENT, 8-may — Sputnik. Eron uchta AQSh esminetsisiga uchuvchisiz apparatlar va raketalar bilan hujum qildi, deb xabar qilmoqda Tasnim axborot agentligi. Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi vakili Ibrohim Zulfag‘ariyning aytishicha, ushbu hujum AQShning sulhni buzganiga javoban amalga oshirilgan.AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z navbatida sulh amalda qolishiga ishontirdi. U shuningdek, esmineslarga qilingan hujum qaytarilganini va kemalarning o‘zlari hech qanday zarar ko‘rmaganini da’vo qildi.Payshanba kuni Fox News jurnalisti Jennifer Griffin AQSh kuchlari Eronning Qeshm porti va Bandar Abbos shahriga hujum qilgani haqida xabar bergan edi.
Hujumdan so‘ng AQSh esmineslari Fors ko‘rfazini tark etishga majbur bo‘ldi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Eron uchta AQSh esminetsisiga uchuvchisiz apparatlar va raketalar bilan hujum qildi, deb xabar qilmoqda Tasnim axborot agentligi.
"Uchta AQSh esminetsi Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eron floti tomonidan hujumga uchradi... AQSh esmineslariga hujum raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirildi. Hujumda kemalar shikastlangan va keyin Ummon ko‘rfaziga qarab yo‘l olgan.", deyiladi bayonotda.
Xatam al-Anbiya harbiy qo‘mondonligi vakili Ibrohim Zulfag‘ariyning aytishicha, ushbu hujum AQShning sulhni buzganiga javoban amalga oshirilgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z navbatida sulh amalda qolishiga ishontirdi. U shuningdek, esmineslarga qilingan hujum qaytarilganini va kemalarning o‘zlari hech qanday zarar ko‘rmaganini da’vo qildi.
Payshanba kuni Fox News jurnalisti Jennifer Griffin AQSh kuchlari Eronning Qeshm porti va Bandar Abbos shahriga hujum qilgani haqida xabar bergan edi.
AQSh - Eron sulhi
28 fevralda boshlanib 40 kun davom etgan urushdan so‘ng, AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik bitimini muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib, 8-apreldan ikki haftalik sulh e’lon qildi.
Lekin Isroil shu kunning o‘zida Livanga ommaviy avia hujumlar uyushtirdi. Eron bunga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana yopiq deb e’lon qildi.
AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.
Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kirib-chiqayotgan kemalarni blokirovka qilishni e’lon qildi.
Bunga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi va keyingi aloqalardan bosh tortdi.