O‘zbekistonda qancha Ulug‘ Vatan urushi faxriylari qolgan

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslardan 60 nafari qolgani ma’lum qilindi.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar soni 60 nafarni tashkil etadi.
Ularning eng ko‘pi Toshkent shahrida yashaydi — 28 nafar. Yana 11 nafari Toshkent viloyatida istiqomat qiladi. Sirdaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda esa bunday toifadagi faxriylar qolmagan.
Umumiy hisobda 14 nafar faxriy bevosita jangovar harakatlar qatnashchisi hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatda 19 nafar sobiq konslager mahbusi va Leningrad qamalidan omon qolgan 13 nafar faxriy istiqomat qilmoqda.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0