https://oz.sputniknews.uz/20260507/ukraine-javob-muqarrar-57391219.html
Zaxarova: Ukraina G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinsa, javob muqarrar bo‘ladi
Zaxarova: Ukraina G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinsa, javob muqarrar bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Kiyevdagi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va fuqarolarni oldindan evakuatsiya qilishga chaqirdi. Zaxarova Kiyev G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinsa, javob zarbasi muqarrar bo‘lishini bildirdi.
2026-05-07T17:57+0500
2026-05-07T17:57+0500
2026-05-07T17:57+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
rossiya tiv
mariya zaxarova
rossiya
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24006264_0:147:2833:1741_1920x0_80_0_0_95828ec1f0d025e242f74aa092071044.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya TIV xorijiy davlatlarga Kiyevdagi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va fuqarolarini oldindan evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaat yo‘llagan.RIA Novosti xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirish 9-may — G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinish ehtimoli bilan bog‘liq. Moskva bunday holatda Kiyevga, jumladan, “qaror qabul qilish markazlari”ga javob zarbasi berilishi muqarrar.Zaxarova 7-may kuni o‘tkazilgan brifingda Vladimir Zelenskiy e’lon qilgan 5–6 may kunlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga ham munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Moskvada Kiyevning kelishuvlarga amal qilishi borasida “xomxayol” bo‘lmagan.Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putin qaroriga muvofiq, 8–9 may kunlari G‘alaba kuni munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini bildirgan edi. Moskva Kiyev tomonidan bayram tadbirlarini buzishga urinish bo‘lsa, javob choralari ko‘rilishini ta’kidlamoqda.Zaxarova brifingda Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi mojaroga munosabatini ham tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, London tinchlikdan manfaatdor emas va Kiyevga muzokaralar orqali mojarodan chiqish imkoniyatini qoldirmayapti.Rossiya tomoni esa Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmaganini bildirmoqda. Zaxarova 6-may kuni Rossiya natija beradigan muzokaralarga ochiq ekanini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/russia-ukraine-sulh-elon-57327038.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24006264_158:0:2675:1888_1920x0_80_0_0_74dc831590229a0799851dbab091df3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, rossiya tiv, mariya zaxarova, rossiya, ukraina
dunyo yangiliklari, rossiya tiv, mariya zaxarova, rossiya, ukraina
Zaxarova: Ukraina G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinsa, javob muqarrar bo‘ladi
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kiyev G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinsa, javob choralari ko‘rilishini bildirdi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Rossiya TIV xorijiy davlatlarga Kiyevdagi diplomatik vakolatxonalar xodimlari va fuqarolarini oldindan evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaat yo‘llagan.
RIA Novosti
xabariga ko‘ra, bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ogohlantirish 9-may — G‘alaba kuni tadbirlarini buzishga urinish ehtimoli bilan bog‘liq. Moskva bunday holatda Kiyevga, jumladan, “qaror qabul qilish markazlari”ga javob zarbasi berilishi muqarrar.
Zaxarova 7-may kuni o‘tkazilgan brifingda Vladimir Zelenskiy e’lon qilgan 5–6 may kunlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga ham munosabat bildirdi. Uning aytishicha, Moskvada Kiyevning kelishuvlarga amal qilishi borasida “xomxayol” bo‘lmagan.
“Bizga ma’lum bo‘lishicha, u umuman o‘t ochishni to‘xtatish haqida hech qanday buyruq bermagan”, — dedi Zaxarova. Rossiya TIV vakili Zelenskiyning bayonotlarini “piar” deb atadi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putin qaroriga muvofiq, 8–9 may kunlari G‘alaba kuni munosabati bilan o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini bildirgan edi. Moskva Kiyev tomonidan bayram tadbirlarini buzishga urinish bo‘lsa, javob choralari ko‘rilishini ta’kidlamoqda.
Zaxarova brifingda Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi mojaroga munosabatini ham tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, London tinchlikdan manfaatdor emas va Kiyevga muzokaralar orqali mojarodan chiqish imkoniyatini qoldirmayapti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, London mojaroda stavkalarni oshirishga intilib, Yevropa Ittifoqi va NATO davlatlarini global mojaroga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli chegaraga yaqinlashtirmoqda.
Rossiya tomoni esa Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmaganini bildirmoqda. Zaxarova 6-may kuni Rossiya natija beradigan muzokaralarga ochiq ekanini aytgan edi.