O‘zbekistondagi Ikkinchi jahon urushi faxriylari soni ma’lum qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVeterani Velikoy otechestvennoy voyni (arxivnoe foto)
Veterani Velikoy otechestvennoy voyni (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan 60 nafar faxriy istiqomat qilmoqda.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. 2026 yil 6-may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shulardan 14 nafari Ikkinchi jahon urushi nogironlari, 14 nafari urush qatnashchilari, 13 nafari Leningrad qamali qatnashchilari va 19 nafari konslager tutqunlaridir.
Hududlar kesimida eng ko‘p faxriy Toshkent shahrida istiqomat qiladi — 28 nafar. Toshkent viloyatida 11 nafar, Farg‘ona viloyatida 5 nafar faxriy bor.
Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 3 nafardan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2 nafardan faxriy istiqomat qiladi.
Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida esa 1 nafardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan faxriy bor.
Ma’lumot uchun, 2025-yilda O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 82 nafarni tashkil qilgan edi.
O‘zbekiston fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaga salmoqli hissa qo‘shgan. Urush yillarida respublika aholisi 6,5 million nafar bo‘lgan, shundan 1 million 951 mingdan ortig‘i frontga safarbar etilgan. Ularning 538 ming nafari janglarda halok bo‘lgan.
Shu davrda respublikada 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston 1,5 million nafardan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming nafar yetim bolani bag‘riga olgan.
Ilyas Umaxanov O‘zbekistonning Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2025
Matbuot markazi
Ilyas Umaxanov O‘zbekistonning Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdi
Yangiliklar lentasi
0