https://oz.sputniknews.uz/20260506/postsovet-hudud-katta-oyin-muhokama-57374055.html
Video: Rossiya, O‘zbekiston va Turkiya: postsovet hududida yangi “katta o‘yin” muhokama qilindi
Video: Rossiya, O‘zbekiston va Turkiya: postsovet hududida yangi “katta o‘yin” muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida postsovet hududidagi yangi “katta o‘yin”, Katta Yevroosiyodagi savdo oqimlari, Markaziy Osiyo, Turkiya va Rossiyaning roli muhokama qilindi.
2026-05-06T18:21+0500
2026-05-06T18:21+0500
2026-05-06T18:21+0500
matbuot markazi
matbuot markazi video
siyosat
markaziy osiyo
aqsh
yevropa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57371148_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a7f114fb4ea4164d2a06a304f22daea8.jpg
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida postsovet hududidagi yangi “katta o‘yin” mavzusi muhokama qilindi.Rossiya Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti (INION) Yaqin va postsovet Sharqi bo‘limi mudiri Vladimir Avatkovning aytishicha, dunyo xalqaro munosabatlar tizimi o‘zgarayotgan va global qarama-qarshilik kuchayib borayotgan murakkab bosqichga kirmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Yevropa va Rossiya o‘rtasida, shuningdek, Yaqin Sharqda yangi bo‘linish chiziqlari shakllanmoqda. Asosiy kurash esa Katta Yevroosiyodagi savdo oqimlarini nazorat qilish atrofida kechmoqda.Ekspert ta’kidlashicha, yevropamarkazli yondashuv o‘rnini Osiyo va jahonning boshqa yirik mintaqalari tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan ko‘p markazli dunyo egallamoqda.Avatkov Eron atrofidagi vaziyat keskinlashishi xavflariga ham e’tibor qaratdi. Uning baholashicha, bunday ehtimoliy keskinlashuv oqibatlari Janubiy Kavkazdan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng mintaqaga ta’sir qilishi mumkin. Bu nafaqat siyosiy, balki ekologik va gumanitar jihatlarga ham daxldor bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.O‘z navbatida, RFA INION kichik ilmiy xodimi Zlata Rojkova energetika va iqtisodiyot Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim loyihalardan biri Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurishdir. Loyiha mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining bir qismini qoplash va energiya xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.Eng muhimi, konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish va bir-birimizni stereotiplar va tashqaridan berilgan baholarsiz yaxshiroq bilishdir, deya ta’kidladi Avatkov.To‘liq suhbatni videoda tomosha qilish mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260330/uzbekistan-eurasia-integratsiya-ishtirokchi-56591179.html
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57371148_237:0:1677:1080_1920x0_80_0_0_cedd8322595c58ec67d55e43a1583d6e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
matbuot markazi video, siyosat, markaziy osiyo, aqsh, yevropa
matbuot markazi video, siyosat, markaziy osiyo, aqsh, yevropa
Video: Rossiya, O‘zbekiston va Turkiya: postsovet hududida yangi “katta o‘yin” muhokama qilindi
Eksklyuziv
Ekspertlar fikricha, global qarama-qarshilik kuchayib borayotgan sharoitda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya Katta Yevroosiyoda muhim bog‘lovchi hududlarga aylanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida postsovet hududidagi yangi “katta o‘yin” mavzusi muhokama qilindi.
Rossiya Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti (INION) Yaqin va postsovet Sharqi bo‘limi mudiri Vladimir Avatkovning aytishicha, dunyo xalqaro munosabatlar tizimi o‘zgarayotgan va global qarama-qarshilik kuchayib borayotgan murakkab bosqichga kirmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugun Yevropa va Rossiya o‘rtasida, shuningdek, Yaqin Sharqda yangi bo‘linish chiziqlari shakllanmoqda. Asosiy kurash esa Katta Yevroosiyodagi savdo oqimlarini nazorat qilish atrofida kechmoqda.
Ekspert ta’kidlashicha, yevropamarkazli yondashuv o‘rnini Osiyo va jahonning boshqa yirik mintaqalari tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan ko‘p markazli dunyo egallamoqda.
Bu jarayonda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Turkiya iqtisodiy hamda siyosiy aloqalarni bog‘lovchi muhim hududlar sifatida alohida o‘rin tutmoqda.
Avatkov Eron atrofidagi vaziyat keskinlashishi xavflariga ham e’tibor qaratdi. Uning baholashicha, bunday ehtimoliy keskinlashuv oqibatlari Janubiy Kavkazdan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng mintaqaga ta’sir qilishi mumkin. Bu nafaqat siyosiy, balki ekologik va gumanitar jihatlarga ham daxldor bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
O‘z navbatida, RFA INION kichik ilmiy xodimi Zlata Rojkova energetika va iqtisodiyot Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muhim loyihalardan biri Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasini qurishdir. Loyiha mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining bir qismini qoplash va energiya xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Eng muhimi, konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish va bir-birimizni stereotiplar va tashqaridan berilgan baholarsiz yaxshiroq bilishdir, deya ta’kidladi Avatkov.
To‘liq suhbatni
videoda tomosha qilish mumkin.