https://oz.sputniknews.uz/20260506/kolumbiyalik-ukraine-behuda-halok-57352182.html
Kolumbiya prezidenti: 7 ming kolumbiyalik Ukrainada behuda halok bo‘lmoqda
Kolumbiya prezidenti: 7 ming kolumbiyalik Ukrainada behuda halok bo‘lmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 7 ming kolumbiyalik Ukrainada jang qilayotganini aytdi. U Kolumbiya “o‘lim eksportchisi” bo‘lishni istamasligini ta’kidladi.
2026-05-06T13:21+0500
2026-05-06T13:21+0500
2026-05-06T13:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
dunyo yangiliklari
yollanma
dunyoda
kolumbiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57351995_0:0:1350:759_1920x0_80_0_0_e49eb9115daba8537327328c8119399d.jpg
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 7 ming kolumbiyalik Ukrainada jang qilayotganini va behuda halok bo‘layotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat “o‘lim eksportchisi” bo‘lishni istamaydi.U, shuningdek, Kolumbiyada yollanma askarlik qonun bilan taqiqlanganini eslatdi.Mart oyida Kolumbiya 1989-yilgi yollanma askarlarni yollash, ulardan foydalanish, moliyalashtirish va o‘qitishga qarshi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ratifikatsiya qilgan edi.RIA Novostiga ko‘ra, Petroning bu bayonoti Rossiyaning Bogotadagi elchisi Nikolay Tavdumadzening Ukrainaga yollanma askar sifatida ketayotgan kolumbiyaliklar soni yuqori darajada qolayotgani haqidagi so‘zlaridan keyin yangradi.RIA Novostiga kolumbiyaliklarni Ukraina va Yaqin Sharqqa yollash bozori bilan bog‘liq manbaning bildirishicha, bunday mojarolarda ishtirok etishga og‘ir moddiy ahvol va yuqori maosh va’dalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260129/kolombia-yollanma-ukraine-55352415.html
ukraina
kolumbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57351995_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_3d9ad8b8f3b0e210229148bb073b6870.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, dunyo yangiliklari, yollanma, dunyoda, kolumbiya
ukraina, dunyo yangiliklari, yollanma, dunyoda, kolumbiya
Kolumbiya prezidenti: 7 ming kolumbiyalik Ukrainada behuda halok bo‘lmoqda
Gustavo Petroning so‘zlariga ko‘ra, 7 ming kolumbiyalik harbiy tayyorgarlik bilan “begona urushda” jang qilmoqda va Ukrainada halok bo‘lmoqda.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 7 ming kolumbiyalik Ukrainada jang qilayotganini va behuda halok bo‘layotganini
aytdi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat “o‘lim eksportchisi” bo‘lishni istamaydi.
“Yetti ming kolumbiyalik harbiy tayyorgarlik bilan begona urushda jang qilmoqda va Ukrainada ma’nosiz halok bo‘lmoqda. Biz o‘lim eksportchisi bo‘lishni xohlamaymiz”, — deb yozdi Petro X ijtimoiy tarmog‘ida.
U, shuningdek, Kolumbiyada yollanma askarlik qonun bilan taqiqlanganini eslatdi.
“Yollanma askarlik qonun bilan taqiqlangan”, — dedi u.
Mart oyida Kolumbiya 1989-yilgi yollanma askarlarni yollash, ulardan foydalanish, moliyalashtirish va o‘qitishga qarshi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ratifikatsiya qilgan edi.
RIA Novostiga ko‘ra, Petroning bu bayonoti Rossiyaning Bogotadagi elchisi Nikolay Tavdumadzening Ukrainaga yollanma askar sifatida ketayotgan kolumbiyaliklar soni yuqori darajada qolayotgani haqidagi so‘zlaridan keyin yangradi.
RIA Novostiga kolumbiyaliklarni Ukraina va Yaqin Sharqqa yollash bozori bilan bog‘liq manbaning
bildirishicha, bunday mojarolarda ishtirok etishga og‘ir moddiy ahvol va yuqori maosh va’dalari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Agar kolumbiyaliklarni, masalan, Xitoy tomonida jang qilish uchun yollaydigan kompaniya ochilsa, ular bunga rozi bo‘ladi. Agar Yaponiya uchun jang qilishga chaqirishsa, Yaponiya uchun ham jang qilishga ketadi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.