Aprel oyida narxlar o‘sishi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar

Obuna bo‘lish
Aprel oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari o‘sishi mo‘’tadillashdi. Yillik inflyatsiya esa so‘nggi oylardagi pasayish tendensiyasini saqlab qoldi.
Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil aprel oyida iste’mol narxlari indeksi oylik hisobda 0,6 foizga oshdi.
Yil boshidan buyon narxlar o‘sishi 2,5 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda, ya’ni 2025-yil apreliga nisbatan inflyatsiya 7,0 foiz bo‘ldi. Taqqoslash uchun, 2025-yil aprelida yillik inflyatsiya 10,1 foiz darajasida edi.
Aprelda narxlar o‘sishiga asosan oziq-ovqat mahsulotlari ta’sir ko‘rsatgan. Xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlarida esa o‘sish nisbatan pastroq bo‘lgan.
Asosiy ko‘rsatkichlar va tovarlar hamda xizmatlar kesimidagi o‘zgarishlar Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0