O‘zbekiston sanoatida qaysi tarmoq eng ko‘p mahsulot ishlab chiqardi?

Obuna bo‘lish
Birinchi chorakda O‘zbekistonda 289,3 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoatga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 289,3 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Sanoat mahsulotlarining asosiy qismi ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi — 246,1 trln so‘m.
Boshqa yo‘nalishlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 20,3 trln so‘m;
elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 21,3 trln so‘m;
suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 1,6 trln so‘m.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga oshgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0