Toshkentdan Xivaga 7,5 soatda yetib boruvchi poyezd yo‘lga qo‘yildi: jadval va chipta narxi

© telegram sputnikuzbekistanNoviy skorostnoy poyezd "Djaloliddin Manguberdi" nachal kursirovat po marshrutu Tashkent – Xiva
Noviy skorostnoy poyezd Djaloliddin Manguberdi nachal kursirovat po marshrutu Tashkent – Xiva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent—Xiva yo‘nalishida "Hyundai Rotem" tezurar poyezdi qatnovi boshlandi. U 1220 km masofani 7,5 soatda bosib o‘tadi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. 5 may kuni “Toshkent-Markaziy” vokzalida “Jaloliddin Manguberdi” Hyundai Rotem yo‘lovchi poyezdining Xivaga birinchi tantanali qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Poyezd Toshkent—Xiva—Toshkent yo‘nalishida harakat qiladi. U Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Urganch orqali Xivagacha boradi.
Yangi poyezd 1220 kilometr masofani 7,5 soatda bosib o‘tadi. Avval Toshkentdan Xivagacha yo‘l 14 soat atrofida vaqt olgani aytilgan.
Poyezd “Toshkent-Markaziy” vokzalidan soat 07:00 da jo‘naydi va Xivaga 14:31 da yetib boradi. Xivadan qaytish reysi 07:20 da yo‘lga chiqib, Toshkentga 14:51 da keladi.
Qatnovlar Toshkentdan Xivaga seshanba, payshanba va shanba kunlari, Xivadan Toshkentga esa chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Birinchi qatnov Toshkentdan 5-may, Xivadan esa 6-may kuniga belgilangan.
Elektron chipta sotish sayti — eticket.railway.uz ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar 780 ming so‘mdan boshlanadi.
Poyezd 7 vagondan iborat bo‘lib, 389 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan. U soatiga 250 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Vagonlarda o‘rindiqlarni yo‘nalishga qarab burish, videokuzatuv kameralari, harakat xaritasi va tezlik ko‘rsatkichlari aks etuvchi ekranlar mavjud.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, ushbu poyezdlarni yo‘lga qo‘yish uchun Buxoro—Urganch—Xiva yo‘nalishidagi 450 kilometrlik uchastka yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun to‘liq elektrlashtirilgan.
Hyundai Rotem otpravila v Uzbekistan perviy visokoskorostnoy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
"Hyundai" O‘zbekistonga Koreyada ishlab chiqarilgan birinchi tezurar poyezdni jo‘natdi
Yangiliklar lentasi
0