Maosh kechiktirilsa, xodimga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

© Depositphotos / minervastockRaschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto
Raschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasiga ko‘ra, ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun xodimga pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Loyihada ish beruvchi ish haqini to‘lash muddatini buzgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun xodimga pulli kompensatsiya to‘lash tartibini aniqlashtirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, hujjat bilan quyidagi o‘zgarishlar taklif etilmoqda:
— ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirish;
— ishga kirishda asosan shaxsiy identifikatsiya raqamini talab qilish;
— elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma berish talabini bekor qilish;
— elektron raqamli imzo yoki Face ID orqali tasdiqlangan hujjatlarni qo‘lda imzolangan hujjatlar bilan tenglashtirish;
— mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda jabrlangan xodimlarni himoya qilish.
Rabota v ofise za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2025
O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari mehnat uchun haq to‘lash tartibi yangilandi: nimalar o‘zgardi?
Yangiliklar lentasi
0