https://oz.sputniknews.uz/20260505/er-rasmiylashtiruv-fermer-ushlanish-57319733.html
Surxondaryoda 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga “rasmiylashtirib” bermoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
Surxondaryoda 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga “rasmiylashtirib” bermoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
Sputnik O‘zbekiston
DXX ma’lumotiga ko‘ra, Angor tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 7,7 gektar yerni boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 mln so‘m talab qilgan. U qolgan 280 mln so‘mni olayotganda ushlangan.
2026-05-05T09:26+0500
2026-05-05T09:26+0500
2026-05-05T09:46+0500
fermerlar
o‘zbekiston
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
jinoyatchilik
yer mulki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173777_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_4c12f7cefd96b6c461564d75a23e29a7.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Angor tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 7,7 gektar yerni boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish va’dasi bilan 280 million so‘m olayotgan vaqtida ushlandi.DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligiga qarashli ushbu yer maydonini 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 million so‘m talab qilgan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka ko‘ra, fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya yoki ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Shu bilan birga, DXX xabarida yer maydonini boshqa fuqaro nomiga aynan qaysi tartibda rasmiylashtirish va’da qilingani ochiqlanmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/er-ajratilish-fermer-ushlanish-53378795.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1f/21173777_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_70e03dc1bdb81fe233ec62ebd6ee584f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fermerlar, o‘zbekiston, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), jinoyatchilik, yer mulki
fermerlar, o‘zbekiston, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), jinoyatchilik, yer mulki
Surxondaryoda 7,7 gektar yerni 800 mln so‘mga “rasmiylashtirib” bermoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
09:26 05.05.2026 (yangilandi: 09:46 05.05.2026) Angor tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 7,7 gektar yerni boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish uchun pul olgani aytilmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Angor tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 7,7 gektar yerni boshqa fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish va’dasi bilan 280 million so‘m olayotgan vaqtida ushlandi.
DXX matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, u qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligiga qarashli ushbu yer maydonini 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 800 million so‘m talab qilgan.
Aytilishicha, fermer avvalroq ushbu summaning 520 million so‘mini olgan. DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda u qolgan 280 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka ko‘ra, fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya yoki ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.
Shu bilan birga, DXX xabarida yer maydonini boshqa fuqaro nomiga aynan qaysi tartibda rasmiylashtirish va’da qilingani ochiqlanmagan.