O‘zbekistonda ko‘mir, gaz va neft ishlab chiqarishi kamaydi – infografika

Obuna bo‘lish
2026 yilning birinchi choragida ko‘mir, tabiiy gaz, gaz kondensati va neft ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 289,3 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Hisobot davrida 1,1 mln tonna ko‘mir, 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz, 242,3 ming tonna gaz kondensati va 157,3 ming tonna neft ishlab chiqarilgan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning shu davri bilan taqqoslaganda mazkur mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi kamaygan.
Ko‘rsatkichlarning qay darajada o‘zgargani Sputnik O‘zbekiston infografikasida keltirilgan.
Yangiliklar lentasi
0