https://oz.sputniknews.uz/20260504/russia-qoshinlar-oldinga-siljish-57315629.html
Rossiya qo‘shinlari Slavansk, Qizil Liman va Dobropolye yo‘nalishida oldinga siljidi — Pushilin
Rossiya qo‘shinlari Slavansk, Qizil Liman va Dobropolye yo‘nalishida oldinga siljidi — Pushilin
Sputnik O‘zbekiston
DXR rahbari Denis Pushilin Rossiya kuchlari Qizil Liman, Ray-Aleksandrovka va Dobropole yo‘nalishlarida pozitsiyalarini yaxshilayotganini ma’lum qildi. U Gorlovka o‘qqa tutilayotganini ham aytdi.
2026-05-04T18:16+0500
2026-05-04T18:16+0500
2026-05-04T18:16+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
ukraina
denis pushilin
donesk xalq respublikasi (dxr)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32028498_0:167:3047:1881_1920x0_80_0_0_e5d359d64ef82c51d1d303d3e01f7fed.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Donesk Xalq Respublikasi (DXR) rahbari Denis Pushilin Rossiya bo‘linmalari Qizil Liman, Ray-Aleksandrovka va Dobropolye yo‘nalishlarida pozitsiyalarini yaxshilayotganini ma’lum qildi.Uning aytishicha, Qizil Limanda shahar janglari davom etmoqda.Shuningdek, u Rossiya harbiylari Slavansk yo‘nalishidagi Ray-Aleksandrovka aholi punktining sharqiy chekkalarida mustahkamlanganini bildirdi. Pushilinga ko‘ra, bu aholi punkti Slavanskka olib boradigan yo‘lda muhim ahamiyatga ega.Ray-Aleksandrovka Kramatorsk va Slavanskdan taxminan 17 kilometr masofada joylashgan.Pushilin Dobropolye yo‘nalishida ham Ukraina Qurolli kuchlarining ta’minot va harakatlanish yo‘llari nazoratga olinayotganini aytdi.Dobropolye Krasnoarmeyskdan 30 kilometr shimolda joylashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi 2025-yil 1-dekabrda Krasnoarmeysk ozod etilganini e’lon qilgan edi.DXR rahbari Ukraina Qurolli kuchlari uchun frontdagi vaziyat yomonlashgani sayin UQK Gorlovka kabi aholi punktlarini o‘qqa tutishni kuchaytirayotganini ham da’vo qildi.Gorlovka Doneskdan 50 kilometr shimolda joylashgan. U DXRning yirik aholi punktlaridan biri hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260421/gerasimov-front-vaziyat-57024890.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/06/32028498_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_7be5e002b05d9f919b512c9d771a2d86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, ukraina, denis pushilin, donesk xalq respublikasi (dxr)
dunyo yangiliklari, ukraina, denis pushilin, donesk xalq respublikasi (dxr)
Rossiya qo‘shinlari Slavansk, Qizil Liman va Dobropolye yo‘nalishida oldinga siljidi — Pushilin
Denis Pushilin Rossiya kuchlari Qizil Liman, Slavansk va Dobropolye yo‘nalishlarida pozitsiyalarini yaxshilayotganini bildirdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Donesk Xalq Respublikasi (DXR) rahbari Denis Pushilin Rossiya bo‘linmalari Qizil Liman, Ray-Aleksandrovka va Dobropolye yo‘nalishlarida pozitsiyalarini yaxshilayotganini
ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Qizil Limanda shahar janglari davom etmoqda.
“Qizil Limanning o‘zida shahar janglari davom etmoqda. Bizning pozitsiyalarimiz Qizil Limanning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy qismida yaxshilanmoqda”, — dedi Pushilin “Vesti”ga.
Shuningdek, u Rossiya harbiylari Slavansk yo‘nalishidagi Ray-Aleksandrovka aholi punktining sharqiy chekkalarida mustahkamlanganini bildirdi. Pushilinga ko‘ra, bu aholi punkti Slavanskka olib boradigan yo‘lda muhim ahamiyatga ega.
Ray-Aleksandrovka Kramatorsk va Slavanskdan taxminan 17 kilometr masofada joylashgan.
Pushilin Dobropolye yo‘nalishida ham Ukraina Qurolli kuchlarining ta’minot va harakatlanish yo‘llari nazoratga olinayotganini aytdi.
“Novoaleksandrovka ozod qilinganidan so‘ng bo‘linmalarimizning oldinga siljishini ko‘rmoqdamiz. Bu yerda ta’minot yo‘llari allaqachon kesilgan, Dobropolye yo‘nalishidagi dushman logistikasi obyektiv nazoratga olingan”, — dedi u.
Dobropolye Krasnoarmeyskdan 30 kilometr shimolda joylashgan. Rossiya Mudofaa vazirligi 2025-yil 1-dekabrda Krasnoarmeysk ozod etilganini e’lon qilgan edi.
DXR rahbari Ukraina Qurolli kuchlari uchun frontdagi vaziyat yomonlashgani sayin UQK Gorlovka kabi aholi punktlarini o‘qqa tutishni kuchaytirayotganini ham da’vo qildi.
Gorlovka Doneskdan 50 kilometr shimolda joylashgan. U DXRning yirik aholi punktlaridan biri hisoblanadi.