Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

"Sputnik"da postsovet hududidagi yangi “katta o‘yin” muhokama qilinadi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Obuna bo‘lish
Tadbirda Rossiyaning mintaqa mamlakatlari bilan hamkorligi, Turkiyaning postsovet hududidagi roli va Markaziy Osiyo uchun yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Rossiya, O‘zbekiston va Turkiya: postsovet hududida yangi "katta o‘yin"” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
Tadbir 5-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Unda quyidagi ekspertlar ishtirok etadi:
Rossiya Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti (INION) Yaqin va postsovet Sharqi bo‘limi mudiri Vladimir Avatkov;
Rossiya Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy axborot instituti (INION) Yaqin va postsovet Sharqi bo‘limi kichik ilmiy xodimi Zlata Rojkova.
Ekspertlar bugungi kunda Rossiyaning mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorligi qanday yo‘lga qo‘yilgani, Turkiya qanday rol o‘ynashi, shuningdek, Markaziy Osiyo uchun qanday yangi muammolar va imkoniyatlar shakllanayotganini muhokama qiladilar.
Geosiyosiy raqobat, gumanitar ta’sir va mintaqadagi asosiy o‘yinchilar manfaatlari muvozanatini topish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0