https://oz.sputniknews.uz/20260502/yandex-go-ozbekistonda-shaharlararo-taksi-xizmatini-ishga-tushirdi-57280553.html
"Yandex Go" O‘zbekistonda shaharlararo taksi xizmatini ishga tushirdi
"Yandex Go" O‘zbekistonda shaharlararo taksi xizmatini ishga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shaharlararo taksi xizmati hozircha yettita viloyatlar orasida ishga tushirilgan. 02.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-02T11:45+0500
2026-05-02T11:45+0500
2026-05-04T10:34+0500
o‘zbekiston
yandeks taksi
taksi
xizmat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/18/17938453_0:98:3072:1826_1920x0_80_0_0_b71bfa9de3b6822142deb000f9714375.jpg
TOShKENT, 2-may – Sputnik. "Yandex Go" taksi xizmati O‘zbekistonda bir nechta yo‘nalishlarda shaharlar orasida taksi xizmatini ishga tushirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.Mijoz avtomobil salonidagi to‘rtta o‘rindan bittasini yoki butun salonni buyurtma berishi mumkin. Shuningdek, mijoz yo‘lga chiqish vaqti, haydovchi (ism sharif) va mashinani (davlat belgisi) oldindan tanlash imkoniga ega. Ma’lumot uchun, "Yandex Go" (Yandeks Taksi) O‘zbekistonda 2018-yil aprel oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yil dekabr oyida xizmat mahalliylashtirishni yakunladi va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan "Yandex Go" MChJ orqali tegishli soliqlarni to‘lashni boshladi. Bugungi kunda "Yandeks taksi" xizmati O‘zbekistonning 16 shahrida mavjud va mahalliy operatorlar orasida eng mashhur taksi xizmatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.Xalqaro miqyosda "Yandeks taksi" xizmati "Yango" brendi ostida dunyoning 25 ta davlatida faoliyat yuritmoqda. Bular MDH davlatlaridan tashqari Turkiya, BAA, Serbiya, Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya, Isroil, Gana, Kot-d'Ivuar, Pokiston, Ruminiya va boshqalar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/18/17938453_80:0:2811:2048_1920x0_80_0_0_f2ab7cc03cc51ffed99b2ebaa87fc8fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, yandeks taksi, taksi, xizmat
o‘zbekiston, yandeks taksi, taksi, xizmat
"Yandex Go" O‘zbekistonda shaharlararo taksi xizmatini ishga tushirdi
11:45 02.05.2026 (yangilandi: 10:34 04.05.2026) Shaharlararo taksi xizmati hozircha yettita viloyatlar orasida ishga tushirilgan.
TOShKENT, 2-may – Sputnik. "Yandex Go" taksi xizmati O‘zbekistonda bir nechta yo‘nalishlarda shaharlar orasida taksi xizmatini ishga tushirdi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti.
Hozirda "Shaharlararo" taksi xizmati yettita viloyatlar orasida ishlamoqda: Toshkent, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Andijon, Farg‘ona va Namanganda.
Mijoz avtomobil salonidagi to‘rtta o‘rindan bittasini yoki butun salonni buyurtma berishi mumkin. Shuningdek, mijoz yo‘lga chiqish vaqti, haydovchi (ism sharif) va mashinani (davlat belgisi) oldindan tanlash imkoniga ega.
Ma’lumot uchun, "Yandex Go" (Yandeks Taksi) O‘zbekistonda 2018-yil aprel oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yil dekabr oyida xizmat mahalliylashtirishni yakunladi va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan "Yandex Go" MChJ orqali tegishli soliqlarni to‘lashni boshladi. Bugungi kunda "Yandeks taksi" xizmati O‘zbekistonning 16 shahrida mavjud va mahalliy operatorlar orasida eng mashhur taksi xizmatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro miqyosda "Yandeks taksi" xizmati "Yango" brendi ostida dunyoning 25 ta davlatida faoliyat yuritmoqda. Bular MDH davlatlaridan tashqari Turkiya, BAA, Serbiya, Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya, Isroil, Gana, Kot-d'Ivuar, Pokiston, Ruminiya va boshqalar.