Harbiy harakatlar boshlanganidan 60 kun o‘tib AQSh prezidenti urush tugaganini e’lon qildi va shu bilan Kongressdan ruxsat olish talabidan qutuldi. 02.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlarning tugagani haqida xabar berdi.Uning ta’kidlashicha, AQSh harbiylari Tehrondan kelayotgan potensial tahdidlarni oldini olish uchun mintaqada qolishadi, ammo 28-fevralda boshlangan janglar endi to‘xtatildi. Shu sababli, ularni davom ettirish uchun endi Kongressning ruxsati talab qilinmaydi.AQShning 1973-yilda qabul uilingan Urush Vakolatlari to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, prezident Kongress ruxsatisiz chet elda 60 kungacha AQSh qurolli kuchlaridan foydalanishi mumkin. Trampning o‘zi bu qoidani konstitutsiyaga zid deb atadi va shuningdek, o‘zidan oldingilarning tajribasiga tayandi.Bugun Oq uy rahbari tomonlar telefon orqali muzokaralarni davom ettirayotganini e’lon qildi. U Eronning yadroviy kelishuv bo‘yicha so‘nggi taklifidan noroziligini bildirib, hujumlarni qayta boshlamaslikni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Avvalroq Tramp Eronning tinchlik energiyasi va tibbiy maqsadlar uchun boyitilgan uranni saqlab qolish imkoniyatini rad etgan edi.Juma kuni Eronning IRNA axborot agentligi Tehron yangi reja matnini Pokiston vositachilari orqali Vashingtonga bir kun oldin yetkazganini xabar qildi. Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, Islom Respublikasi muloqotni davom ettirish uchun uch bosqichli formulani taklif qilgan.Eron rejasiga ko‘ra, birinchi bosqich — urushga chek qo‘yishni va Eron va Livan uchun xavfsizlik kafolatlari berishni, ikkinchi bosqichda tomonlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini boshqarish mexanizmlarini muhokama qiladilar va shundan keyingina Eron yadroviy dasturni ko‘rib chiqadilar. Uchinchi bosqichga o‘tish faqat dastlabki ikkitasi bosqichlar bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyingina mumkin.
Harbiy harakatlar boshlanganidan 60 kun o‘tib AQSh prezidenti urush tugaganini e’lon qildi va shu bilan Kongressdan ruxsat olish talabidan qutuldi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlarning tugagani haqida xabar berdi.
"2026 yil 7-aprelda men ikki haftalik sulhni bekor qilishni buyurdim. O‘shandan beri sulh uzaytirildi. 2026-yil 7-apreldan boshlab Qo‘shma Shtatlar va Eron qurolli kuchlari o‘rtasida otishma sodir bo‘lmadi", - deyiladi uning maktubida.
Uning ta’kidlashicha, AQSh harbiylari Tehrondan kelayotgan potensial tahdidlarni oldini olish uchun mintaqada qolishadi, ammo 28-fevralda boshlangan janglar endi to‘xtatildi. Shu sababli, ularni davom ettirish uchun endi Kongressning ruxsati talab qilinmaydi.
AQShning 1973-yilda qabul uilingan Urush Vakolatlari to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, prezident Kongress ruxsatisiz chet elda 60 kungacha AQSh qurolli kuchlaridan foydalanishi mumkin. Trampning o‘zi bu qoidani konstitutsiyaga zid deb atadi va shuningdek, o‘zidan oldingilarning tajribasiga tayandi.
Bugun Oq uy rahbari tomonlar telefon orqali muzokaralarni davom ettirayotganini e’lon qildi. U Eronning yadroviy kelishuv bo‘yicha so‘nggi taklifidan noroziligini bildirib, hujumlarni qayta boshlamaslikni afzal ko‘rishini ta’kidladi. Avvalroq Tramp Eronning tinchlik energiyasi va tibbiy maqsadlar uchun boyitilgan uranni saqlab qolish imkoniyatini rad etgan edi.
Juma kuni Eronning IRNA axborot agentligi Tehron yangi reja matnini Pokiston vositachilari orqali Vashingtonga bir kun oldin yetkazganini xabar qildi. Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, Islom Respublikasi muloqotni davom ettirish uchun uch bosqichli formulani taklif qilgan.
Eron rejasiga ko‘ra, birinchi bosqich — urushga chek qo‘yishni va Eron va Livan uchun xavfsizlik kafolatlari berishni, ikkinchi bosqichda tomonlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozini boshqarish mexanizmlarini muhokama qiladilar va shundan keyingina Eron yadroviy dasturni ko‘rib chiqadilar. Uchinchi bosqichga o‘tish faqat dastlabki ikkitasi bosqichlar bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyingina mumkin.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.