O‘zbekistonga qaysi davlatdan eng ko‘p talaba kelmoqda?

Obuna bo‘lish
2026 yil boshidan buyon O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelayotgan xorijliklar soni 2,3 baravarga oshdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelayotgan xorijliklar soni keskin oshgan.
"2026 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida 15 124 nafar xorij fuqarolari kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8500 kishiga yoki 2,3 baravar ko‘p", - deyiladi xabarda.
O‘qish maqsadida eng ko‘p Turkmaniston fuqarolari kelgan - 7174 kishi. Ikkinchi o‘rinda — Hindiston - 2835 kishi. Shuningdek Tojikiston - 1170 kishi, Xitoy - 641 kishi va Qirg‘iziston - 483 kishi.
Qolgan davlat fuqarolari 2800 dan ortiq.

Batafsil infografikada tanishing.
Yangiliklar lentasi
0