https://oz.sputniknews.uz/20260501/turizm-57268086.html
Dizayn-kodlar, turoperatorlar xarajatlarini qoplash: turizm qanday rivojlantiriladi
Dizayn-kodlar, turoperatorlar xarajatlarini qoplash: turizm qanday rivojlantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Mahalliy turoperatorlarning mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 500 million so‘mdan oshmagan... 01.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-01T16:22+0500
2026-05-01T16:22+0500
2026-05-01T16:22+0500
turizm
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55130848_0:207:942:737_1920x0_80_0_0_48649ddeb2eb8cbc145be7abb8cef8fa.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri bo‘yicha loyiha boshqaruvi asosida:Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi respublika yoki mahalliy darajadagi barcha turdagi turistik zonalar va turistik klasterlar direksiya (departament)lari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.2026 yil 1-iyundan Turizm qo‘mitasi tomonidan bosqichma-bosqich turistlar tashrif buyuruvchi ziyoratgohlar hududlarining funksional jihatdan ajratilgan chegaralarini belgilash va mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p qavatli binolarni joylashtirish orqali ularning hududlarini kengaytirish hamda ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etiladi.Turizm sohasini barqaror va kompleks rivojlantirish maqsadida loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari, tadbirkor va investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ta’lim va ekspert tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlovchi “davlat – biznes – jamoatchilik – ta’lim” (Quattro) tizimi joriy etiladi.2027 yildan yiliga 2-marta Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sayyohlar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.2026 yil 1-sentabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda:Bunda tadbirkorlar tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishni bosqichma-bosqich o‘zi qoplash sharti bilan moliyalashtirish chegarasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tomonidan belgilanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260402/bukhara-prezident-vazifalar-56679916.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/15/55130848_5:104:850:737_1920x0_80_0_0_04834a32356fa58b87584a86293a34b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston
Dizayn-kodlar, turoperatorlar xarajatlarini qoplash: turizm qanday rivojlantiriladi
Mahalliy turoperatorlarning mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 500 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, “Jozibador manzil – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targ‘ibot – sayyoh” zanjiri bo‘yicha loyiha boshqaruvi asosida:
34 ta turizm obyektining bosh rejasi ishlab chiqiladi;
31 ta turizm obyektining faoliyati tashkil etiladi hamda rivojlantiriladi.
Turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi respublika yoki mahalliy darajadagi barcha turdagi turistik zonalar va turistik klasterlar direksiya (departament)lari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiruvchi muassasa hisoblanadi.
2026 yil 1-iyundan Turizm qo‘mitasi tomonidan bosqichma-bosqich turistlar tashrif buyuruvchi ziyoratgohlar hududlarining funksional jihatdan ajratilgan chegaralarini belgilash va mumkin bo‘lgan hollarda ko‘p qavatli binolarni joylashtirish orqali ularning hududlarini kengaytirish hamda ulardan foydalanish uchun alohida dizayn-kod joriy etiladi.
Turizm sohasini barqaror va kompleks rivojlantirish maqsadida loyihalarni amalga oshirishda davlat organlari, tadbirkor va investorlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ta’lim va ekspert tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni ta’minlovchi “davlat – biznes – jamoatchilik – ta’lim” (Quattro) tizimi joriy etiladi.
2027 yildan yiliga 2-marta Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sayyohlar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi.
2026 yil 1-sentabrdan Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda:
2030 yil 31-dekabrga qadar O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;
mahalliy turoperatorlarning mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan xorijdagi targ‘ibot tadbirlari xarajatlarining 25 foizigacha, biroq 500 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi;
xususiy tadbirkorlarning sayyohlar uchun madaniy-ommaviy va konsert-tomosha hamda madaniy tadbirlarni aniq belgilangan hudud va jadval asosida yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq xarajatlarini 1-yilgacha muayan qismini moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Bunda tadbirkorlar tomonidan ushbu tadbirlarni tashkil etishni bosqichma-bosqich o‘zi qoplash sharti bilan moliyalashtirish chegarasi Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi tomonidan belgilanadi.