https://oz.sputniknews.uz/20260501/suv-subsidiya-57259066.html
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi. 01.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-01T10:29+0500
2026-05-01T10:29+0500
2026-05-01T10:29+0500
jamiyat
suv
subsidiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45284998_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_61dd37a9de600feebbfa6b25e7475bd4.jpg
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi. 28-aprel kuni Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.Arizaga quyidagilar ilova qiladi:Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260407/siberia-daryo-oqim-central-asia-burish-56752707.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45284998_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_43991922c38f68099de2c9b2f04aa04a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, suv, subsidiya, o‘zbekiston
jamiyat, suv, subsidiya, o‘zbekiston
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi
Talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi. 28-aprel kuni Hukumat qarori bilan tegishli nizom
tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.
Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.
Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qiladi:
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.