https://oz.sputniknews.uz/20260501/ozarbayjon-evroparlament-57267542.html
Ozarbayjon parlamenti Yevroparlament bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi
Ozarbayjon parlamenti Yevroparlament bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlament) Yevropa parlamenti bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tegishli qaror yalpi majlisda qabul qilindi.
2026-05-01T18:01+0500
2026-05-01T18:01+0500
2026-05-01T18:01+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
yevroparlament
ozarbayjon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/572/83/5728365_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_8f5e59c0f1b2efb0556907dfe1c39dc2.jpg
TOShKENT, 1may — Sputnik. Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlament)Yevropa parlamenti bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tegishli qaror yalpi majlisda qabul qilindi.Mamlakat parlamenti “Yevronest” Parlament assambleyasidagi a’zoligini tugatish jarayonini boshladi. Shu fonda Ozarbayjon deputatlari ham Yevropa Ittifoqi-Ozarbayjon parlament hamkorlik qo‘mitasi ishida ishtirok etishni to‘xtatadi.Parlament spikeri Sahiba Gafarovaning so‘zlariga ko‘ra, Yevroparlamentning “Ozarbayjonga qarshi faoliyati” bunday qat’iy qadamning sababi bo‘ldi. Bokuning ta’kidlashicha, Brussel o‘nlab yillar davomida ikki tomonlama standartlarni namoyish etib kelmoqda.Deputatlarning ta’kidlashicha, hamkorlik platformalari (Parlament hamkorlik qo‘mitasi va “Yevronest”) Yevropa Ittifoqi tomonidan “bosim, shantaj va ichki ishlarga qo‘pol aralashish vositasi”ga aylandi.Spiker Sohiba Gafarova munosabatlar 2015-yilda to‘xtatilgani va faqat 2016-yilda Brusselning va’dalaridan keyin tiklanganligini eslatdi. Biroq, vaqt ko‘rsatganidek, Yevropa parlamenti noxolis yondashuvdan voz kechish niyatida emas.Hujjatni tayyorlash uchun vitse-spiker Ziyafet Askerov boshchiligidagi maxsus komissiya tashkil etildi. Qarorning o‘zi, Ozarbayjon tomonining fikricha, tizimli bosim kampaniyasiga javoban qabul qilindi. Bundan buyon barcha ikki tomonlama aloqalar to‘xtatildi va Ozarbayjon a’zo maqomiga ega bo‘lgan “Yevronest” assambleyasida ishtirok etish protsessual normalarga muvofiq to‘xtatildi. Yakuniy tark etishga qadar mamlakat Milliy Majlisi delegatsiyasi ushbu tuzilma tadbirlarida qatnashmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260315/forum-azerbaijan-central-asia-tranzit-56293972.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/572/83/5728365_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_3b31c0051e79bf09fb7d83d864248022.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, yevroparlament, ozarbayjon
dunyoda, dunyo yangiliklari, yevroparlament, ozarbayjon
Ozarbayjon parlamenti Yevroparlament bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi
Yevroparlamentning “Ozarbayjonga qarshi faoliyati” bunday qat’iy qadamga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 1may — Sputnik. Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlament)Yevropa parlamenti bilan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Tegishli qaror yalpi majlisda qabul qilindi.
Mamlakat parlamenti “Yevronest” Parlament assambleyasidagi a’zoligini tugatish jarayonini boshladi. Shu fonda Ozarbayjon deputatlari ham Yevropa Ittifoqi-Ozarbayjon parlament hamkorlik qo‘mitasi ishida ishtirok etishni to‘xtatadi.
Parlament spikeri Sahiba Gafarovaning so‘zlariga ko‘ra, Yevroparlamentning “Ozarbayjonga qarshi faoliyati” bunday qat’iy qadamning sababi bo‘ldi. Bokuning ta’kidlashicha, Brussel o‘nlab yillar davomida ikki tomonlama standartlarni namoyish etib kelmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, hamkorlik platformalari (Parlament hamkorlik qo‘mitasi va “Yevronest”) Yevropa Ittifoqi tomonidan “bosim, shantaj va ichki ishlarga qo‘pol aralashish vositasi”ga aylandi.
Spiker Sohiba Gafarova munosabatlar 2015-yilda to‘xtatilgani va faqat 2016-yilda Brusselning va’dalaridan keyin tiklanganligini eslatdi. Biroq, vaqt ko‘rsatganidek, Yevropa parlamenti noxolis yondashuvdan voz kechish niyatida emas.
Hujjatni tayyorlash uchun vitse-spiker Ziyafet Askerov boshchiligidagi maxsus komissiya tashkil etildi. Qarorning o‘zi, Ozarbayjon tomonining fikricha, tizimli bosim kampaniyasiga javoban qabul qilindi. Bundan buyon barcha ikki tomonlama aloqalar to‘xtatildi va Ozarbayjon a’zo maqomiga ega bo‘lgan “Yevronest” assambleyasida ishtirok etish protsessual normalarga muvofiq to‘xtatildi. Yakuniy tark etishga qadar mamlakat Milliy Majlisi delegatsiyasi ushbu tuzilma tadbirlarida qatnashmaydi.