O‘zbekiston YaIMda iqtisodiyot tarmoqlari hissasi — infografika

Obuna bo‘lish
Birinchi chorakda O‘zbekiston YaIMning asosiy qismi iqtisodiyot tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
2026 yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi qariyb 448 trln so‘mni tashkil etdi va iqtisodiy o‘sish sur’ati 8,7 foiz bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Iqtisodiy o‘sish asosan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi ijobiy dinamika hisobiga ta’minlandi. Yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 95,4 foizini tashkil etdi.
YaIM tarkibida mahsulotlarga sof soliqlarning ulushi 4,6 foiz bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 8,2 foiz o‘sish qayd etildi.
Shu bilan birga, YaIM deflyator indeksi 2025-yilning yanvar–mart oylaridagi narxlarga nisbatan 110,6 foizni tashkil etdi. Bu indeks iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar narxining umumiy o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Eng yuqori o‘sish sanoatda — 15,8 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 13,2 foiz bo‘ldi. Qurilishda bu ko‘rsatkich 4,7 foiz, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohalarida 4,8 foizni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0