O‘zbekiston YaIM: so‘nggi 5-yilda o‘sish sur’ati qanday o‘zgardi

Obuna bo‘lish
2026 yilning birinchi choragida O‘zbekiston YaIM 8,7 foizga o‘sdi. Bu so‘nggi 5-yilning mos davridagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2026-yilning birinchi choragida hududlar bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, yanvar–mart oylarida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi qariyb 448 trillion so‘mni tashkil etdi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati esa 8,7 foiz bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilning mos davrida YaIM hajmi taxminan 373 trillion so‘m, o‘sish sur’ati esa 6,8 foizni tashkil etgan edi.
So‘nggi yillarning mos davrida iqtisodiy o‘sish sur’ati bosqichma-bosqich yuqorilab bormoqda. Xususan, birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, o‘sish sur’ati:
• 2022-yilda — 5,1 foiz;
• 2023-yilda — 6,4 foiz;
• 2024-yilda — 6,4 foiz;
• 2025-yilda — 6,8 foiz;
• 2026-yilda — 8,7 foiz bo‘ldi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0