O‘zbekiston va Chexiya savdoni 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Premyer-ministra Chexii Andreya Babisha
Sostoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Premyer-ministra Chexii Andreya Babisha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Andrey Babish savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish, Chexiyaga tartibli mehnat migratsiyasi, texnologiya, ta’lim va aviaqatnov masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo hajmini mahsulot turlarini kengaytirish orqali 1 mlrd dollarga yetkazish vazifasini belgiladi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar qayd etildi:
• mashinasozlik;
• “yashil” energetika;
• geologiya va muhim xomashyo;
• kimyo va farmatsevtika;
• infratuzilma va “aqlli” shaharlar;
• muhandislik va raqamlashtirish.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini Chexiya mehnat bozoriga tartibli va qonuniy jalb qilish istiqbollarini muhokama qildi.
Avvalroq Chexiya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 150 ta mehnat vizasi kvotasi ajratishi ma’lum qilingan edi. Hamkorlikda tibbiyot sohasi mutaxassislari, xususan, hamshiralar va qariyalarni parvarishlovchi xodimlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani xabar qilingan.
Shuningdek, Chexiyada O‘zbekistonning birinchi sertifikatlash filiali tashkil etilayotgani ma’lum qilindi. Chexiyalik hamkorlar bilan “Yevro-6” standartidagi avtomobillarni sertifikatlash va kvant etaloni bo‘yicha zamonaviy laboratoriya qurish rejalashtirilgan.
Tomonlar ta’lim, akademik almashinuv, madaniyat kunlari, ko‘rgazma va konsertlar, shuningdek sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Shu maqsadda Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareysni qayta tiklash masalasi o‘rganiladi.
Yakunda qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Prezident elchilarga fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish bilan ta’minlashni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0