“Taslim bo‘lamiz” deyishi kifoya: AQSh Eronga yangi zarbalar rejasini tayyorladi — OAV
“Taslim bo‘lamiz” deyishi kifoya: AQSh Eronga yangi zarbalar rejasini tayyorladi — OAV
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eronga “qisqa va kuchli” zarbalar rejasini tayyorlagani xabar qilindi. Bloomberg esa Yaqin Sharqqa Dark Eagle gipertovushli raketasini joylashtirish so‘ralganini yozmoqda.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eron obyektlariga “qisqa va kuchli” zarbalar berish rejasini tayyorladi. "Axios" portali manbalarga tayanib yozishicha, bu reja Tehron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralardagi boshi berk ko‘chadan chiqish va Eron rahbariyatiga bosimni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.Shu bilan birga, Donald Tramp hozircha asosiy bosim vositasi sifatida Eron portlariga nisbatan qamalni davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda. Bundan tashqari, "Bloomberg" manbalariga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Yaqin Sharqqa "Dark Eagle" gipertovushli raketasini joylashtirishni so‘ragan. So‘rov Eron o‘zining raketa uchirish qurilmalarini "Precision Strike Missile" raketalari yetib boradigan doiradan tashqariga chiqargani bilan izohlangan. Hozircha bu so‘rov bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Agar ma’qullansa, bu AQSh gipertovushli raketalarining birinchi joylashtirilishi bo‘ladi.Tramp avvalroq Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tehrondan mag‘lubiyatni tan olishni kutayotganini aytgan.Tramp, shuningdek, Eron va Ukrainadagi mojarolar bir vaqtning o‘zida yakunlanishi mumkinligini ham istisno qilmagan.Pentagon rahbari Pit Xegset esa AQSh ma’muriyati Eronga qarshi operatsiya xarajatlarini qoplash uchun Kongressdan qo‘shimcha mablag‘ so‘rashi mumkinligini ma’lum qildi. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Eronga qarshi operatsiya xarajatlari hozircha taxminan 25 milliard dollarni tashkil etgan. Mablag‘ asosan o‘q-dorilar, texnik xizmat ko‘rsatish va texnika almashtirishga sarflangani aytildi.
OAV AQSh “qisqa va kuchli” zarbalar rejasi, qo‘shimcha harbiy xarajatlar va "Dark Eagle" gipertovushli raketasini joylashtirish so‘rovi haqida yozdi
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eron obyektlariga “qisqa va kuchli” zarbalar berish rejasini tayyorladi.
"Axios" portali manbalarga tayanib yozishicha, bu reja Tehron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralardagi boshi berk ko‘chadan chiqish va Eron rahbariyatiga bosimni kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, Donald Tramp hozircha asosiy bosim vositasi sifatida Eron portlariga nisbatan qamalni davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Bundan tashqari, "Bloomberg" manbalariga ko‘ra, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Yaqin Sharqqa "Dark Eagle" gipertovushli raketasini joylashtirishni so‘ragan.
So‘rov Eron o‘zining raketa uchirish qurilmalarini "Precision Strike Missile" raketalari yetib boradigan doiradan tashqariga chiqargani bilan izohlangan. Hozircha bu so‘rov bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Agar ma’qullansa, bu AQSh gipertovushli raketalarining birinchi joylashtirilishi bo‘ladi.
Tramp avvalroq Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tehrondan mag‘lubiyatni tan olishni kutayotganini aytgan.
“Ular qilishi kerak bo‘lgan narsa shunchaki: "Biz taslim bo‘lamiz", deyishdir”, — dedi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, Eron va Ukrainadagi mojarolar bir vaqtning o‘zida yakunlanishi mumkinligini ham istisno qilmagan.
“Qaysi mojaro oldinroq tugaydi? Bilmayman. Ehtimol, bir vaqtning o‘zida”, — dedi u.
Pentagon rahbari Pit Xegset esa AQSh ma’muriyati Eronga qarshi operatsiya xarajatlarini qoplash uchun Kongressdan qo‘shimcha mablag‘ so‘rashi mumkinligini ma’lum qildi. Pentagon hisob-kitoblariga ko‘ra, Eronga qarshi operatsiya xarajatlari hozircha taxminan 25 milliard dollarni tashkil etgan. Mablag‘ asosan o‘q-dorilar, texnik xizmat ko‘rsatish va texnika almashtirishga sarflangani aytildi.
AQSh va Izrail 28-fevralda Eron hududidagi obyektlarga zarbalar berishni boshlagan. 8-aprel kuni Vashington va Tehron o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilgan, ammo keyingi muzokaralar natijasiz yakunlangan. Shundan keyin AQSh Eron portlariga nisbatan qamal boshlagani xabar qilingan.