Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainaliklar qoni evaziga o‘nlab mlrd dollar: deputat Zelenskiyni mojaroni cho‘zishda aybladi

© REUTERS / Valentyn OgirenkoVladimir Zelenskiy (arxivnoe foto)
Vladimir Zelenskiy (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2026
Obuna bo‘lish
Oliy Rada deputati Zelenskiy Rossiya bilan mojaroni ataylab cho‘zayotganini, chunki uning atrofidagilar urush ortidan katta mablag‘ topayotganini aytdi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Oliy Rada deputati Artom Dmitruk Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaroning davom etishi va Ukrainadagi yalpi korrupsiya uchun javobgar ekanini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Dmitruk bu fikrlarni Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi tomonidan olib borilayotgan ish bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilinganidan keyin bildirdi. Gap Zelenskiyning yaqin safdoshi sifatida tilga olinayotgan tadbirkor Timur Mindich atrofidagi korrupsiya ishi haqida ketmoqda. Deputat Zelenskiyni “total korrupsiya” va Rossiya bilan mojaroning cho‘zilishida ayblagan.

“Zelenskiy birgina "ish"da o‘g‘irlagan o‘nlab milliard dollar. Ukrainada bunday ishlar yuzlab! Mana, ukrainaliklarning qoni, hayoti va aslida butun mamlakat hayoti evaziga o‘g‘irlik qilishning navbatdagi faktlari!” — deya yozdi Dmitruk Telegram-kanalida.

Deputatning ta’kidlashicha, Rossiya bilan mojaro Zelenskiyning irodasi bilan davom etmoqda, chunki Kiyev rejimi rahbari va uning atrofidagi odamlar bundan katta mablag‘ topmoqda.
“Urush, Ukrainaning o‘limi — bu Zelenskiyning hayoti!” — deya xulosa qildi Dmitruk.
Korrupsiya mojarosi “Ukrainskaya pravda” nashri e’lon qilgan yangi ma’lumotlardan keyin yana kun tartibiga chiqdi. Nashr Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi burosi tergovi doirasida qayd etilgan suhbatlardan parchalarni e’lon qildi.
Ularda Timur Mindich va Ukraina sobiq mudofaa vaziri, hozirda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov o‘rtasidagi muloqotlar tilga olinadi.
Mindich va Umerov mudofaa sohasidagi ko‘p millionlik shartnomalarni muhokama qilgani aytilmoqda. Xususan, suhbatda davlat sifatsizligi sabab qabul qilmayotgan zirhli nimcha (bronejilet)lar yetkazib berish masalasi ham ko‘tarilgan. RIA yozishicha, Mindich bu masalani hal qilishni talab qilgan, Umerov esa bunga e’tiroz bildirmagan.
“Ukrainskaya pravda” e’lon qilgan ma’lumotlarda Mindich va Zelenskiyning do‘sti, sobiq birinchi yordamchisi Sergey Shefir o‘rtasidagi suhbat ham tilga olinadi.
Undan nashr “Xalq xizmatkori” partiyasi deputatlari Yuriy Kisel va Aleksandr Sova Shefirga daromadlarining 50 foizini bergan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Qanday daromadlar haqida gap ketayotgani aniqlashtirilmagan.
Prezident Ukraini na meropriyatii po sluchayu Dnya Suxoputnix voysk Voorujennix Sil Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada Zelenskiy atrofi amaldorlar almashishi—sabab korrupsiyami yo diplomatik yo‘l izlanishi
Yangiliklar lentasi
0