https://oz.sputniknews.uz/20260429/uzbekistan-gidroenergetika-loyiha-57231987.html
O‘zbekistonda 5,8 mlrd dollarlik 73 ta gidroenergetika loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekistonda 5,8 mlrd dollarlik 73 ta gidroenergetika loyihasi amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. 2026–2032 yillarda 5,8 mlrd dollarlik 73 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 3,6 GVt quvvat yaratish rejalashtirilmoqda.
2026-04-29T18:22+0500
2026-04-29T18:22+0500
2026-04-29T18:22+0500
energetika
shavkat mirziyoyev
ges
elektr energiyasi
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57231796_379:395:1900:1251_1920x0_80_0_0_ed0b2fa929525e76074e01e19fa5e237.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda 2026–2032 yillarda umumiy qiymati 5,8 mlrd dollar bo‘lgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Ularning natijasida qo‘shimcha 3,6 GVt quvvat yaratilishi kutilmoqda.Yirik loyihalardan biri — Bo‘stonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES qurilishi. Qiymati 365 mln dollar bo‘lgan stansiyaning quvvati 160 MVtni tashkil etadi. U yiliga 484 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 161 ming xonadonni elektr bilan ta’minlash imkonini beradi.Farg‘ona viloyati So‘x tumanida esa “milliy loyiha” tamoyili asosida 15 MVt quvvatli So‘x GES qurilishi rejalashtirilgan. Stansiya yiliga 50 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, tuman ehtiyojining 71 foizini ta’minlaydi.Shuningdek, Yuqori To‘palang hududida 42 ta kichik GES qurish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Bu orqali 541 MVt quvvat yaratish va yiliga qariyb 1,9 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin.Davlat rahbari loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda raqamli monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/energetika-obekt-loyiha-start-53969679.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57231796_682:353:1900:1266_1920x0_80_0_0_d44b9e9ccc33fbdacad9e76acc5f12a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika, shavkat mirziyoyev, ges, elektr energiyasi, jamiyat, o‘zbekiston
energetika, shavkat mirziyoyev, ges, elektr energiyasi, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 5,8 mlrd dollarlik 73 ta gidroenergetika loyihasi amalga oshiriladi
Joriy yilda umumiy quvvati 114 MVt bo‘lgan 13 ta GESni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda 2026–2032 yillarda umumiy qiymati 5,8 mlrd dollar bo‘lgan 73 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalari ko‘rib chiqildi. Ularning natijasida qo‘shimcha 3,6 GVt quvvat yaratilishi kutilmoqda.
Joriy yilda umumiy quvvati 114 MVt bo‘lgan 13 ta GESni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ular yiliga 537 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 254 ta ish o‘rni yaratiladi.
Yirik loyihalardan biri — Bo‘stonliq tumanidagi Yuqori Pskom GES qurilishi. Qiymati 365 mln dollar bo‘lgan stansiyaning quvvati 160 MVtni tashkil etadi. U yiliga 484 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 161 ming xonadonni elektr bilan ta’minlash imkonini beradi.
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida esa “milliy loyiha” tamoyili asosida 15 MVt quvvatli So‘x GES qurilishi rejalashtirilgan. Stansiya yiliga 50 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, tuman ehtiyojining 71 foizini ta’minlaydi.
Shuningdek, Yuqori To‘palang hududida 42 ta kichik GES qurish imkoniyati ko‘rib chiqildi. Bu orqali 541 MVt quvvat yaratish va yiliga qariyb 1,9 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish mumkin.
Taqdimotda umumiy quvvati 1,4 GVt bo‘lgan 3 ta gidro to‘plash elektr stansiyasini barpo etish, shuningdek, 2983 ta kichik va mikro GES qurish rejalari ham muhokama qilindi.
Davlat rahbari loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda raqamli monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.