Toshkent – Samarqand alohida tezurar temir yo‘li loyihasi yana bir bosqichga yaqinlashdi

© Ministerstvo transportaPredstavleno itogovoe TEO stroitelstva jeleznoy dorogi "Tashkent – Samarkand"
Predstavleno itogovoe TEO stroitelstva jeleznoy dorogi Tashkent – Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent – Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temir yo‘lini qurish loyihasining yakuniy texnik-iqtisodiy asosi taqdim etildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Toshkent va Samarqand o‘rtasida alohida yuqori tezlikdagi yo‘lovchi temir yo‘lini qurish loyihasi yana bir bosqichga yaqinlashdi. 28-aprel kuni ushbu loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asosi taqdim etildi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari (TIA)ni ishlab chiqish ishlari 2025-yil 14-fevral kuni boshlangan edi.
Mazkur hujjatni tayyorlash uchun Koreya Eksport-import banki tomonidan 3 million dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.
Yakuniy TIA Janubiy Koreyaning “Saman Engineering”, “Dong Myeong Engineering Consultants & Architecture Co., Ltd”, “Korea Railroad Corporation” va “Korea National Railway” kompaniyalaridan iborat konsorsium tomonidan ishlab chiqildi.
Taqdimotda Transport vazirligi, Janubiy Koreya elchixonasi, Koreya Eksimbanki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, xalqaro moliya tashkilotlari hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Loyiha amalga oshirilsa, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi yuqori tezlikdagi yo‘lovchi qatnovlari uchun alohida temir yo‘l infratuzilmasini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bu esa kelgusida yo‘nalishda qatnovlar sig‘imi va transport xizmatlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Hyundai Rotem otpravila v Uzbekistan perviy visokoskorostnoy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
"Hyundai" O‘zbekistonga Koreyada ishlab chiqarilgan birinchi tezurar poyezdni jo‘natdi
Yangiliklar lentasi
0