https://oz.sputniknews.uz/20260429/ppx-xodim-xabarlar-rad-etilish-57218877.html
PPX xodimi va voyaga yetmagan qiz haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
PPX xodimi va voyaga yetmagan qiz haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
Sputnik O‘zbekiston
IIBB ijtimoiy tarmoqlarda PPX xodimi bilan bog‘liq tarqalgan iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Holatda voyaga yetmagan qiz ishtirok etgani sababli tafsilotlar ochiqlanmadi.
2026-04-29T12:33+0500
2026-04-29T12:33+0500
2026-04-29T12:56+0500
iibb
iiv
ohangaron tumani
toshkent viloyati
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15812898_0:59:1038:643_1920x0_80_0_0_0caa726f7591331b0e35ff44206556f3.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida PPX xodimi bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, internetdagi ayrim sahifalarda IIO xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilgani haqida norasmiy xabarlar tarqalgan.Voqea 27-aprel kuni soat 00:40 da Ohangaron shahrida sodir bo‘lgani bildirilmoqda. Shu vaqtda Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga uning tanishi, 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan.PPX xodimi yetib borganida, 22 yoshli ayol va uning 14 yoshli qiz tanishi xodimning mashinasiga o‘tirgan.Holatda voyaga yetmagan qiz ishtirok etgani sababli to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.IIBB ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda esa jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260429/video-ppx-xodim-xizmat-chetlashtirilish-57204917.html
ohangaron tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/12/15812898_53:0:986:700_1920x0_80_0_0_078617f0af76be43432d0b619ff0fa02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iibb, iiv, ohangaron tumani, toshkent viloyati, jamiyat
iibb, iiv, ohangaron tumani, toshkent viloyati, jamiyat
PPX xodimi va voyaga yetmagan qiz haqida tarqalgan xabarlar rad etildi
12:33 29.04.2026 (yangilandi: 12:56 29.04.2026) IIBB Ohangaronda PPX xodimiga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan norasmiy iddaolar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron shahrida PPX xodimi bilan bog‘liq tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati
ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, internetdagi ayrim sahifalarda IIO xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar qilgani haqida norasmiy xabarlar tarqalgan.
IIBB ma’lumotiga ko‘ra, surishtiruvlar davomida tarqatilayotgan xabarda keltirilgan iddaolar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan.
Voqea 27-aprel kuni soat 00:40 da Ohangaron shahrida sodir bo‘lgani bildirilmoqda. Shu vaqtda Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga uning tanishi, 22 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan.
PPX xodimi yetib borganida, 22 yoshli ayol va uning 14 yoshli qiz tanishi xodimning mashinasiga o‘tirgan.
Shu vaqtda videoda murojaat yo‘llagan 18 yoshli shaxs 4 nafar tanishi bilan kelib, xodimni haqorat qilgan va janjal ko‘targan. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, u 14 yoshli qizning qarindoshi hisoblanmaydi.
Holatda voyaga yetmagan qiz ishtirok etgani sababli to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.
IIBB ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda esa jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilishini bildirdi.