https://oz.sputniknews.uz/20260429/makron-scholz-zelenskyy-taslim-chaqiriq-57220851.html
Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirgani aytildi
Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirgani aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Nemis jurnalistlari kitobida Makron va Shols SVO boshida Kiyevni taslim bo‘lishga chaqirgani aytilgan. Shols tomoni buni rad etgan, mualliflar esa ma’lumot ishonchli manbalardan olinganini ta’kidlamoqda.
2026-04-29T13:14+0500
2026-04-29T13:14+0500
2026-04-29T13:19+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
ukraina
fransiya
germaniya
kitob
emmanuel makron
olaf shols
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57220335_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_51be3a3e76e6a04c965f5420477b9d37.jpg
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Nemis jurnalistlari Oliver Shrom va Ulrix Tile tomonidan yozilgan kitobda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya sobiq kansleri Olaf Shols maxsus harbiy operatsiya boshida Kiyevni taslim bo‘lishga chaqirgani yozilgan.RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan kitobda ta’kidlanishicha, Vladimir Zelenskiy 2022-yilda Polshaning sobiq bosh vaziri Mateush Moraveskiyga ayrim Yevropa yetakchilari uni taslim bo‘lishga chaqirayotganidan shikoyat qilgan.Shu bilan birga, Moraveskiy Sholsning Ukrainaga qurol yuborish masalasiga munosabatidan norozi bo‘lgani ham aytilgan. Kitob mualliflariga ko‘ra, sobiq kansler mojaro paytida karbonat angidrid emissiyasi masalasiga ko‘proq e’tibor qaratgan.Moraveskiyning mojaroga e’tibor qaratish haqidagi iltimosiga javoban Shols ukrainaliklar necha kun “chiday olishi” haqida savol bergani ta’kidlanadi.Biroq Shols va uning atrofidagilar Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirganini rad etgan. Kitob mualliflarining so‘roviga javoban sobiq kansler burosi rahbari Shols hech qachon bunday chaqiriq qilmaganini bildirgan.Shrom va Tile t-online portaliga bergan intervyusida ushbu ma’lumotlar ularga ishonchli manbalar, jumladan, davlat rahbarlari tomonidan taqdim etilganini aytgan.Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida 2022-yilda Ukraina bilan muzokaralar deyarli yakunlanganini, ammo Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqilganidan keyin Ukraina tomoni kelishuvlardan voz kechganini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260428/ukraine-hudud-yon-berish-57190370.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1d/57220335_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_c415b600daddaefe0b73bcfed3f954e2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, ukraina, fransiya, germaniya, kitob, emmanuel makron , olaf shols, vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari, ukraina, fransiya, germaniya, kitob, emmanuel makron , olaf shols, vladimir zelenskiy
Makron va Shols Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirgani aytildi
13:14 29.04.2026 (yangilandi: 13:19 29.04.2026) Nemis jurnalistlari kitobida Makron va Shols maxsus harbiy operatsiya boshida Kiyevni taslim bo‘lishga chaqirgani aytilgan. Shols tomoni buni rad etmoqda.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Nemis jurnalistlari Oliver Shrom va Ulrix Tile tomonidan yozilgan kitobda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya sobiq kansleri Olaf Shols maxsus harbiy operatsiya boshida Kiyevni taslim bo‘lishga chaqirgani yozilgan.
RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan kitobda
ta’kidlanishicha, Vladimir Zelenskiy 2022-yilda Polshaning sobiq bosh vaziri Mateush Moraveskiyga ayrim Yevropa yetakchilari uni taslim bo‘lishga chaqirayotganidan shikoyat qilgan.
Kitobda yozilishicha, Zelenskiy Moraveskiyga Shols va Makron unga muntazam qo‘ng‘iroq qilayotganini aytgan.
Shu bilan birga, Moraveskiy Sholsning Ukrainaga qurol yuborish masalasiga munosabatidan norozi bo‘lgani ham aytilgan. Kitob mualliflariga ko‘ra, sobiq kansler mojaro paytida karbonat angidrid emissiyasi masalasiga ko‘proq e’tibor qaratgan.
Moraveskiyning mojaroga e’tibor qaratish haqidagi iltimosiga javoban Shols ukrainaliklar necha kun “chiday olishi” haqida savol bergani ta’kidlanadi.
Biroq Shols va uning atrofidagilar Zelenskiyni taslim bo‘lishga chaqirganini rad etgan. Kitob mualliflarining so‘roviga javoban sobiq kansler burosi rahbari Shols hech qachon bunday chaqiriq qilmaganini bildirgan.
Shrom va Tile t-online portaliga bergan intervyusida ushbu ma’lumotlar ularga ishonchli manbalar, jumladan, davlat rahbarlari tomonidan taqdim etilganini aytgan.
Mualliflarga ko‘ra, Shols va Makron Ukrainaga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmi va tezligini oshirish takliflariga g‘azab bilan munosabat bildirgan va muhokama paytida ovozini balandlatgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida 2022-yilda Ukraina bilan muzokaralar deyarli yakunlanganini, ammo Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan olib chiqilganidan keyin Ukraina tomoni kelishuvlardan voz kechganini aytgan edi.