“Yopiq eshik” ko‘rgazmasi — rassom Umar Rajabov ijodida yangi bosqich
Obuna bo‘lish
"Yopiq eshik" ko‘rgazmasida rassomning so‘nggi ikki yilda yaratgan asarlari jamlangan bo‘lib, ularda xotira, shaxsiy tajriba va ichki dunyo mavzulari aks etgan.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. 28 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida rassom Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan rassom Umar Rajabov ijodining navbatdagi muhim bosqichini namoyon etadi. “Yopiq eshik” — bu nafaqat obrazli ifoda, balki inson ichki dunyosi, xotira va hayotiy tajriba qatlamlarini anglashga bo‘lgan intilish.
Umar Rajabov 1985-yil 29-may kuni Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida tug‘ilgan. U 2000–2003 yillarda Urganch shahridagi san’at litseyida tahsil olgan. Keyinchalik Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘qib, 2011–2013 yillarda magistraturani tamomlagan.
Bugungi kunda u ushbu institutda pedagog sifatida faoliyat yuritadi. 2025-yildan “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi dotsenti hisoblanadi.
“Bu ko‘rgazma — o‘tmishga qaytish emas, balki uni shaxsiy tajriba va kasbiy o‘sish orqali qayta anglash”, — deydi rassom.
Umar Rajabov 2010-yildan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. 2023-yilda O‘zbekiston Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Uning asarlari Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadi.

1/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

2/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

3/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

4/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

5/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

6/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

7/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

8/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

9/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

10/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

11/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

12/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

13/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

14/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

15/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

16/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

17/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

18/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi

19/19
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Umar Rajabovning “Yopiq eshik” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi
Ko‘rgazmada so‘nggi ikki yil ichida yaratilgan yangi asarlar jamlangan. Ularda rassomning uslubiy izlanishlari, rang va shakl bilan tajribalari yaqqol ko‘rinadi.
Bu Rajabovning yettinchi shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib, uning ijodiy yo‘lida yangi bosqichni belgilaydi. Asarlarda an’anaviy motivlar zamonaviy tafakkur bilan uyg‘unlashib, tarix va shaxsiy tajriba o‘rtasidagi muloqotni yuzaga keltiradi.