https://oz.sputniknews.uz/20260428/samarkand-bilyard-jch-uzbekistan-bronza-57186377.html
Samarqandda bilyard bo‘yicha JCh yakunlandi: o‘zbekistonlik sportchi "bronza" oldi
Samarqandda bilyard bo‘yicha JCh yakunlandi: o‘zbekistonlik sportchi "bronza" oldi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bilyard bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Turnirda 13 mamlakatdan 160 sportchi qatnashdi, O‘zbekiston vakili Nurbek Salomov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
2026-04-28T09:49+0500
2026-04-28T09:49+0500
2026-04-28T10:09+0500
sport
o‘zbekiston
rossiya
musobaqa
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1c/57185926_0:77:1280:797_1920x0_80_0_0_5a751f566539edb37cffbfb64ab25de7.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqandda bilyard bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Turnirda 13 ta mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etdi.Musobaqa "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasida “dinamik piramida” yo‘nalishida o‘tkazildi. Erkaklar o‘rtasida finalda rossiyalik Iosif Abramov hamurti Nikita Volodinni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.Ayollar toifasida belorussiyalik Yekaterina Perepechayeva-Chernuxo oltin, rossiyalik Yekaterina Britchenko esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.Shuningdek, rossiyalik Diana Mironova va Kristina Saltovskaya bronza medali bilan shohsupaga ko‘tarildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260423/samarkand-bilyard-jahon-chempionat-57111578.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1c/57185926_58:0:1223:874_1920x0_80_0_0_6fc29525ba02084f9c34c3e56d3b2246.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, rossiya, musobaqa, samarqand
sport, o‘zbekiston, rossiya, musobaqa, samarqand
Samarqandda bilyard bo‘yicha JCh yakunlandi: o‘zbekistonlik sportchi "bronza" oldi
09:49 28.04.2026 (yangilandi: 10:09 28.04.2026) O‘zbekistonlik Nurbek Salomov musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqandda bilyard bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Turnirda 13 ta mamlakatdan 160 nafar sportchi ishtirok etdi.
Musobaqa "Silk Road Samarkand" sayyohlik majmuasida “dinamik piramida” yo‘nalishida o‘tkazildi.
Erkaklar o‘rtasida finalda rossiyalik Iosif Abramov hamurti Nikita Volodinni mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi.
O‘zbekistonlik Nurbek Salomov va qirg‘izistonlik Arsen Qalibek o‘g‘li bronza medalini qo‘lga kiritdi. Salomov yarim finalda Nikita Volodinga imkoniyatni boy bergan.
Ayollar toifasida belorussiyalik Yekaterina Perepechayeva-Chernuxo oltin, rossiyalik Yekaterina Britchenko esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, rossiyalik Diana Mironova va Kristina Saltovskaya bronza medali bilan shohsupaga ko‘tarildi.