https://oz.sputniknews.uz/20260428/radar-kamera-jarima-parlament-sorov-57193781.html
Radar, kamera va asossiz jarima shikoyatlari: ichki ishlar vaziriga parlament so‘rovi yuborildi
Radar, kamera va asossiz jarima shikoyatlari: ichki ishlar vaziriga parlament so‘rovi yuborildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ichki ishlar vaziriga fotoradarlar, yo‘l belgilari, texnik xatolar, asossiz jarimalar va “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi ijrosi bo‘yicha parlament so‘rovi yubordi.
2026-04-28T14:06+0500
2026-04-28T14:06+0500
2026-04-28T14:06+0500
yo‘l
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
radar
jarima
o‘zbekiston
jamiyat
iiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37414140_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7283a41d511450e6dc14bbcd2a1cdaf8.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovga avtomobil yo‘llaridagi foto-video qayd etish texnika vositalarining samaradorligi bo‘yicha parlament so‘rovi yubordi.Qayd etilishicha, deputatlarning fuqarolar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida foto-video qayd etish texnika vositalari va ko‘chma fotoradarlar faoliyati yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirilgan.Xususan, fuqarolar quyidagi holatlardan norozi bo‘lmoqda:So‘rovda yo‘l infratuzilmasidagi ayrim kamchiliklar qoidabuzarliklarga olib kelayotgani ham ko‘rsatilgan.Deputatlar “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, foto-video qayd etish texnika vositalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ramoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260401/jarima-ishonchnoma-haydovchi-rasmiylashtirilish-56638192.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1f/37414140_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bca83c81a7b9b6644a8a637157daa82b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘l, yo‘l harakati qoidalari (yhq), radar, jarima, o‘zbekiston, jamiyat, iiv
yo‘l, yo‘l harakati qoidalari (yhq), radar, jarima, o‘zbekiston, jamiyat, iiv
Radar, kamera va asossiz jarima shikoyatlari: ichki ishlar vaziriga parlament so‘rovi yuborildi
Qonunchilik palatasi deputatlari fotoradarlar, yo‘l belgilari, texnik xatolar va asossiz jarimalar bo‘yicha ichki ishlar vaziridan izoh so‘radi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latovga avtomobil yo‘llaridagi foto-video qayd etish texnika vositalarining samaradorligi bo‘yicha parlament so‘rovi yubordi.
Qayd etilishicha, deputatlarning fuqarolar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida foto-video qayd etish texnika vositalari va ko‘chma fotoradarlar faoliyati yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirilgan.
Xususan, fuqarolar quyidagi holatlardan norozi bo‘lmoqda:
ruxsat etilgan tezlik keskin o‘zgaradigan joylarda yo‘l belgilari yetarli darajada ko‘rinadigan nuqtalarga o‘rnatilmagani;
ma’lumotlarni qayta ishlashda texnik xatolarga yo‘l qo‘yilishi oqibatida asossiz jarimalar qo‘llanilishi;
ayrim yo‘llar sifati talab darajasida emasligi;
yo‘l chiziqlari ko‘rinmasligi yoki noto‘g‘ri belgilangani;
piyodalar yo‘laklarida svetoforlar yetishmayotgani.
So‘rovda yo‘l infratuzilmasidagi ayrim kamchiliklar qoidabuzarliklarga olib kelayotgani ham ko‘rsatilgan.
Deputatlar “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, foto-video qayd etish texnika vositalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ramoqda.