O‘zbekistonda aholi uchun “top-100 huquqiy tavsiya” to‘plami ishlab chiqiladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMujchina so smartfonom v rukax
Mujchina so smartfonom v rukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
Unda huquqiy masalalar sodda formatda tushuntiriladi
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekistonda aholi murojaatlari asosida “top-100 huquqiy tavsiya” to‘plami shakllantiriladi. Ushbu tavsiyalar bo‘yicha video, infografika va podkastlar ham tayyorlanadi. Bu 2026–2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish dasturida nazarda tutilgan.
Hukumatning “2026–2027 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan ikki yillik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida “Onlayn-mahalla” platformasi va “mahalla yetakchilari” ko‘magida aholi muammolari tahlil qilinadi. Dolzarb masalalar bo‘yicha sodda media materiallar — annotatsiya, video, infografika va bukletlar tayyorlanadi.
Shuningdek, yangi qonunchilik hujjatlarini sodda tilda tushuntiruvchi intervyu, podkast va videolar mutaxassislar ishtirokida “AdliyaTV”da joylashtiriladi.
Dasturga ko‘ra, qurilish qonunchiligini interaktiv tarzda tushuntiruvchi “Qurilishda qonuniylik” mobil ilovasi ham yaratiladi. Unda o‘yinlar, testlar, videolar va noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish imkoniyatiga ega AI-chatbot bo‘ladi.
Bundan tashqari, “Advice.uz” va “Gender-madad” platformalari takomillashtiriladi, ijtimoiy tarmoqlarda “Sovrinli viktorinalar” o‘tkaziladi.
Dasturda bolalar o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish uchun videoroliklar tayyorlash, “Oilani asrang – zo‘ravonlikni to‘xtating!” shiori ostida ommaviy chellenjlar va ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil etish ham belgilangan.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida “Huquqiy bilimlar oyligi” o‘tkaziladi. Dasturdagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Prezidentu dolojeni proyekti Gosprogrammi po realizatsii Strategii Uzbekistan-2030 v 2026 godu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
Pedofillarga umrbod qamoq, mahallada ochiqlik, $50 mlrd va 250 trln so‘m: dastur tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0