https://oz.sputniknews.uz/20260427/tashkent-chernobyl-bartaraf-etganlar-xotirlanish-57172831.html
Toshkentda Chernobil fojiasi oqibatlarini bartaraf etganlar xotirlandi
Toshkentda Chernobil fojiasi oqibatlarini bartaraf etganlar xotirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Yo‘ldosh mavzesidagi yodgorlik poyiga gullar qo‘yildi.
2026-04-27T13:03+0500
2026-04-27T13:03+0500
2026-04-27T13:03+0500
avariya
xotira
ommaviy tadbir
toshkent
o‘zbekiston
rossotrudnichestvo
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1b/57172346_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5717b9e0f5c229d2b01a6b3ce3f4e63c.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkentda Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.Marosim Yangihayot tumanidagi Yo‘ldosh mavzesida joylashgan “Chernobil AES halokatini bartaraf etganlar xotirasiga” yodgorligida tashkil etildi. Yodgorlik poyiga gulchambar va guldastalar qo‘yildi. Tadbirda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishtirokchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatlar, MDH davlatlaridan mehmonlar hamda jurnalistlar qatnashdi.Avariya oqibatlarini bartaraf etishga yuz minglab odamlar — harbiylar, o‘t o‘chiruvchilar, muhandislar va shifokorlar jalb qilindi. Keyinchalik “likvidatorlar” deb atalgan bu insonlar yuqori radiatsiya sharoitida hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib ishladi. Ular orasida O‘zbekiston, jumladan, Toshkent aholisi ham bor edi.Fojia oqibatlari minglab insonlar taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi, katta hududlar ifloslandi, stansiya atrofida izolyatsiya zonasi tashkil etildi. Chernobil xotirasi inson xatosining og‘ir oqibatlari va falokatni to‘xtatish uchun o‘zini ayamagan odamlar jasorati haqida eslatma bo‘lib qolmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260426/tashkent-zilzila-xotiralar-57152785.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1b/57172346_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_f8e16728951ee88ee904e0d8e3fdc2ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
avariya, xotira, ommaviy tadbir, toshkent, o‘zbekiston, rossotrudnichestvo, jamiyat
avariya, xotira, ommaviy tadbir, toshkent, o‘zbekiston, rossotrudnichestvo, jamiyat
Toshkentda Chernobil fojiasi oqibatlarini bartaraf etganlar xotirlandi
Insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen falokatlardan biri bo‘lgan Chernobil AESdagi avariya 1986-yil 26-aprelda sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkentda Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar xotirasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
xabar berdi.
Marosim Yangihayot tumanidagi Yo‘ldosh mavzesida joylashgan “Chernobil AES halokatini bartaraf etganlar xotirasiga” yodgorligida tashkil etildi. Yodgorlik poyiga gulchambar va guldastalar qo‘yildi. Tadbirda avariya oqibatlarini bartaraf etish ishtirokchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diplomatlar, MDH davlatlaridan mehmonlar hamda jurnalistlar qatnashdi.
Insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen falokatlardan biri bo‘lgan Chernobil AESdagi avariya 1986-yil 26-aprelda sodir bo‘ldi. To‘rtinchi energoblokdagi portlash reaktorni vayron qilib, atmosferaga radioaktiv moddalar tarqalishiga sabab bo‘ldi.
Avariya oqibatlarini bartaraf etishga yuz minglab odamlar — harbiylar, o‘t o‘chiruvchilar, muhandislar va shifokorlar jalb qilindi. Keyinchalik “likvidatorlar” deb atalgan bu insonlar yuqori radiatsiya sharoitida hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib ishladi. Ular orasida O‘zbekiston, jumladan, Toshkent aholisi ham bor edi.
Fojia oqibatlari minglab insonlar taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi, katta hududlar ifloslandi, stansiya atrofida izolyatsiya zonasi tashkil etildi. Chernobil xotirasi inson xatosining og‘ir oqibatlari va falokatni to‘xtatish uchun o‘zini ayamagan odamlar jasorati haqida eslatma bo‘lib qolmoqda.