https://oz.sputniknews.uz/20260427/mirziyoev-fergana-massiv-elektropoezd-tanishuv-57175381.html
Mirziyoyev Farg‘onada yangi massiv va vodiy shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezd bilan tanishdi
Mirziyoyev Farg‘onada yangi massiv va vodiy shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezd bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Qo‘qondagi “Yangi O‘zbekiston” massivi va Qo‘qon, Namangan, Andijon hamda Marg‘ilonni bog‘lovchi yangi elektropoyezd bilan tanishdi.
2026-04-27T14:46+0500
2026-04-27T14:46+0500
2026-04-27T14:51+0500
tashrif
farg‘ona viloyati
jamiyat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1b/57174891_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_7f39653776fa55ba2210cf2075d925aa.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Loyiha uchun jami 1 trillion 850 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hudud 25 ming nafar aholi yashashiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 84 ta ko‘p qavatli uy, maktablar, bog‘chalar, oliy o‘quv yurti, biznes va savdo markazlari hamda dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.Shu yerning o‘zida prezident “Yangi O‘zbekiston” massivining ikkinchi bosqichi hamda Qo‘qon shahrini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan ham tanishdi.Keyin Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan Farg‘ona vodiysida yangi yo‘lga qo‘yilgan Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezdda Marg‘ilon shahriga keldi.Yangi poyezd Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan. U olti vagondan iborat bo‘lib, 586 o‘ringa ega va soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Poyezd kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Yangi temir yo‘l halqasi Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini oshirishi ham aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260319/mirziyoev-imom-buxoriy-majmua-tanishish-56391911.html
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1b/57174891_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_0b63cd0791933e504cfe07e3018cbb27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashrif, farg‘ona viloyati, jamiyat, shavkat mirziyoyev
tashrif, farg‘ona viloyati, jamiyat, shavkat mirziyoyev
Mirziyoyev Farg‘onada yangi massiv va vodiy shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezd bilan tanishdi
14:46 27.04.2026 (yangilandi: 14:51 27.04.2026) Prezidentning Farg‘ona viloyatiga ikki kunlik tashrifi boshlandi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Qo‘qon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Loyiha uchun jami 1 trillion 850 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Hudud 25 ming nafar aholi yashashiga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 84 ta ko‘p qavatli uy, maktablar, bog‘chalar, oliy o‘quv yurti, biznes va savdo markazlari hamda dam olish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.
Hozirgacha loyihaning birinchi bosqichi yakunlanib, 4 ming 394 ta xonadondan iborat 56 ta o‘n qavatli uy foydalanishga topshirildi. Tayyor ta’mirli xonadonlar aholiga 35 foizlik boshlang‘ich to‘lov, yillik 16 foiz stavka va 20-yillik muddat asosida berilmoqda.
Shu yerning o‘zida prezident “Yangi O‘zbekiston” massivining ikkinchi bosqichi hamda Qo‘qon shahrini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan ham tanishdi.
Keyin Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan Farg‘ona vodiysida yangi yo‘lga qo‘yilgan Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi elektropoyezdda Marg‘ilon shahriga
keldi.
324 kilometrlik temir yo‘l halqasi vodiy viloyatlarini o‘zaro yaqinlashtirib, aholi, tadbirkorlar va sayyohlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.
Yangi poyezd Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodida ishlab chiqarilgan. U olti vagondan iborat bo‘lib, 586 o‘ringa ega va soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Chipta narxi 15 ming so‘m etib belgilangan. Poyezd kuniga 1,5 ming, yiliga qariyb 600 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. Yangi temir yo‘l halqasi Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini oshirishi ham aytildi.