Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Kojoshev: YeOII, ShHT va MDH transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirishi mumkin

© Yevraziyskaya ekonomicheskaya komissiyaMinistr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev.
Ministr po energetike i infrastrukture YeEK Arzibek Kojoshev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
YeIK vaziri Yevroosiyoda uzluksiz transport tizimini yaratish uchun YeOII, ShHT va MDH doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirishni taklif qildi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mintaqada yangi transport arxitekturasini shakllantirishda tayanch tuzilma bo‘lishi mumkin. Bu haqda YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev Bishkekda bo‘lib o‘tgan xalqaro transport forumidagi chiqishida ta’kidladi.
Kojoshev Bishkekda bo‘lib o‘tgan “Qirg‘iziston — mintaqaviy xab: qit’alarni bog‘lash” xalqaro transport forumida ishtirok etdi. Uning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda transport bog‘liqligi iqtisodiyotlar raqobatbardoshligining muhim omiliga aylanmoqda.
YeIK vaziriga ko‘ra, geosiyosiy beqarorlikka qaramay, Yevroosiyoning quruqlikdagi transport yo‘laklari global logistikaning ishonchli bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda.
“Bugun an’anaviy logistika zanjirlari yangi muammolarga duch kelayotgan bir paytda, Yevroosiyoning quruqlikdagi yo‘laklari o‘zining ishonchliligi va raqobatbardoshligini tasdiqlamoqda. Bizning vazifamiz bu salohiyatni saqlab qolishgina emas, balki uni mintaqadagi integratsiya birlashmalari sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali oshirishdir”, — dedi Kojoshev.
U butun mintaqa miqyosida uzluksiz transport tizimini yaratish uchun YeOII, ShHT va MDH doirasidagi ishlarni muvofiqlashtirishni taklif qildi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2026
O‘zbekiston va YeOII
Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya yagona transport nazorati axborot makonini ishga tushirdi
Yangiliklar lentasi
0