Angrenda "Howo" bir nechta mashina bilan to‘qnashdi: ikki kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Sgenerirovano IIAvariya no doroge
Avariya no doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
YTH oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Angren shahrida “Howo” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 26-aprel kuni soat 23:10 larda “A-373” avtomobil yo‘lining 93-kilometrida yuz bergan. 1995-yilda tug‘ilgan R.N. boshqaruvidagi "Howo" yuk mashinasi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan 4 ta transport vositasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida “Cobalt” avtomashinasi haydovchisi I.X. va yo‘lovchi Z.T. voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, boshqa transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yuk mashinasi haydovchisi protsessual tartibda ushlangan. U hodisada tan jarohati olmagani ma’lum qilindi.
Avtobus perevernulsya na trasse Navoi-Uchkuduk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Navoiy–Uchquduq yo‘lida avtobus ag‘darildi — YHXB rasmiy munosabat bildirdi
Yangiliklar lentasi
0