Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

BMT maqsadlari: YeOII hamkorligi a’zo davlatlarda farovonlikni oshirishga yordam bermoqda

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2026
Obuna bo‘lish
YeIK hisobotida YeOII doirasidagi iqtisodiy hamkorlik BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam berayotgani qayd etildi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi YeOII mamlakatlarida iqtisodiy hamkorlikning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga ta’siri haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Unda YeOII doirasidagi hamkorlik iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari, sanoat, infratuzilma va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Hisobotda ta’kidlanishicha, YeOII doirasidagi hamkorlik BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan kun tartibida belgilangan maqsadlar bilan uyg‘un. Bu, ayniqsa, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish, sanoatlashtirish va infratuzilma, tengsizlikni kamaytirish hamda barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik kabi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lmoqda.
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlar iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar va aholi farovonligi oshganini ko‘rsatmoqda. Hisobotda Ittifoq davlatlarida ishsizlik darajasi boshqa rivojlangan mamlakatlar va integratsion birlashmalarga nisbatan pastroq ekani ham qayd etilgan.
Shuningdek, YeOII mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqinlashib borayotgani ta’kidlandi. Komissiya xulosasiga ko‘ra, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik a’zo davlatlarda barqaror va sifatli o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi muhim omilga aylanmoqda.
Barqaror rivojlanish maqsadlari 2015-yilda BMT tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda 17 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Zasedanie mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
Galuzin: O‘zbekiston Yevroosiyodagi integratsion jarayonlarning muhim ishtirokchisi
Yangiliklar lentasi
0