https://oz.sputniknews.uz/20260426/chelsea-leeds-english-football-cup-57159728.html
“Chelsi” – “Lids”: bugun Angliya kubogining ikkinchi finalchisi aniqlanadi
“Chelsi” – “Lids”: bugun Angliya kubogining ikkinchi finalchisi aniqlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun “Chelsi” va “Lids” Angliya kubogi yarim finalida to‘qnash keladi. G‘olib jamoa finalda Abduqodir Husanov to‘p suradigan “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydi. 26.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-26T17:29+0500
2026-04-26T17:29+0500
2026-04-26T17:30+0500
sport
futbol
buyuk britaniya
london
yevropa
chempionat
abduqodir husanov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1a/57159157_0:0:961:540_1920x0_80_0_0_3fd0f32dfe533ac2e740d615edd1ccb4.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugun Angliya kubogi yarim finalida “Chelsi” va “Lids” o‘zaro to‘qnash keladi. Uemblidagi bahs g‘olibi finalga yo‘l oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da Londondagi “Uembli” stadionida boshlanadi. Favorit masalasida vaziyat bir qarashdagi kabi oddiy emas. Tarkib va tajriba jihatidan — “Chelsi”, hozirgi forma va ruhiy holat bo‘yicha esa “Lids” xavfliroq raqib. London klubi Angliya kubogida “Lids”ga qarshi oldingi olti to‘qnashuvning barchasida keyingi bosqichga chiqqan.Ammo joriy holat “Lids” foydasiga ham gapirmoqda. Jamoa so‘nggi yetti o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. “Chelsi” safida bir qator yo‘qotishlar bor. Ris Jeyms, Levi Kolvill, Jeymi Gittens, Filip Yorgensen, Mixail Mudrik va Estevao uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Koul Palmer va Joau Pedroning maydonga tushishi esa oxirgi holatiga bog‘liq.“Lids”da ham ayrim yo‘qotishlar bor, ammo jamoaning asosiy kuchi intizomli o‘yin, tezkor qarshi hujumlar va yuqori motivatsiyada bo‘lishi mumkin. Klub Angliya kubogi yarim finaliga 39-yildan keyin ilk bor chiqdi. Agar bugun g‘alaba qozonsa, “Lids” 1972/73 yildan keyin birinchi marta finalda o‘ynashi mumkin.Ammo “Lids”ni ham hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Sports Illustrated “Chelsi”ning so‘nggi pasayishi fonida ko‘pchilik “Lids”ni ham yarim finalda favoritlardan biri sifatida ko‘rayotganini yozdi. Bunga jamoaning yaxshi formasi va bu mavsum “Chelsi”ga qarshi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab bo‘lmoqda.Evening Standard eslatishicha, “Chelsi” joriy mavsum “Lids”ni ikki o‘yinda ham mag‘lub eta olmagan: bir uchrashuvda 3:1 hisobida yutqazgan, ikkinchisida esa 2:2 hisobida durang o‘ynagan.Taxminiy tarkiblar:“Chelsi”: Sanches; Achimpong, Chaloba, Hato, Kukurelya; Enso Fernandes, Kaysedo; Palmer, Joau Pedro, Netu; Delap.“Lids”: Perri; Stroyk, Biyol, Rodon; Bogl, Ampadu, Tanaka, Gudmundsson; Aaronson, Okafor; Kalvert-Lyuin.Bugungi futbol kuni shu bilan yakunlanmaydi. Toshkent vaqti bilan 23:45 da Italiya A Seriyasida “Milan” va “Yuventus” to‘qnash keladi. Bu o‘yin ham yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun muhim ahamiyatga ega: “Milan” 66 ochko bilan 3-o‘rinda, “Yuventus” 63 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/1a/57159157_16:0:911:671_1920x0_80_0_0_79530fa8e58b5abdd98637cc7a6aa411.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, futbol, buyuk britaniya, london, yevropa, chempionat, abduqodir husanov
sport, futbol, buyuk britaniya, london, yevropa, chempionat, abduqodir husanov
“Chelsi” – “Lids”: bugun Angliya kubogining ikkinchi finalchisi aniqlanadi
17:29 26.04.2026 (yangilandi: 17:30 26.04.2026) Bugun “Chelsi” va “Lids” Angliya kubogi yarim finalida to‘qnash keladi. G‘olib jamoa finalda Abduqodir Husanov to‘p suradigan “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bugun Angliya kubogi yarim finalida “Chelsi” va “Lids” o‘zaro to‘qnash keladi. Uemblidagi bahs g‘olibi finalga yo‘l oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da Londondagi “Uembli” stadionida boshlanadi.
Favorit masalasida vaziyat bir qarashdagi kabi oddiy emas. Tarkib va tajriba jihatidan — “Chelsi”, hozirgi forma va ruhiy holat bo‘yicha esa “Lids” xavfliroq raqib. London klubi Angliya kubogida “Lids”ga qarshi oldingi olti to‘qnashuvning barchasida keyingi bosqichga chiqqan.
Ammo joriy holat “Lids” foydasiga ham gapirmoqda. Jamoa so‘nggi yetti o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi.
“Chelsi” safida bir qator yo‘qotishlar bor. Ris Jeyms, Levi Kolvill, Jeymi Gittens, Filip Yorgensen, Mixail Mudrik va Estevao uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda. Koul Palmer va Joau Pedroning maydonga tushishi esa oxirgi holatiga bog‘liq.
“Lids”da ham ayrim yo‘qotishlar bor, ammo jamoaning asosiy kuchi intizomli o‘yin, tezkor qarshi hujumlar va yuqori motivatsiyada bo‘lishi mumkin. Klub Angliya kubogi yarim finaliga 39-yildan keyin ilk bor chiqdi. Agar bugun g‘alaba qozonsa, “Lids” 1972/73 yildan keyin birinchi marta finalda o‘ynashi mumkin.
Xorijiy sport nashrlari bu uchrashuvda favorit masalasi bir qarashdagi kabi oddiy emasligini ta’kidlamoqda. Sports Mole ma’lumotlariga ko‘ra, London klubining g‘alaba qozonish ehtimoli 42,3 foiz, “Lids”niki esa 33,8 foiz.
Ammo “Lids”ni ham hisobdan chiqarib bo‘lmaydi. Sports Illustrated “Chelsi”ning so‘nggi pasayishi fonida ko‘pchilik “Lids”ni ham yarim finalda favoritlardan biri sifatida ko‘rayotganini yozdi. Bunga jamoaning yaxshi formasi va bu mavsum “Chelsi”ga qarshi muvaffaqiyatli o‘yinlari sabab bo‘lmoqda.
Evening Standard eslatishicha, “Chelsi” joriy mavsum “Lids”ni ikki o‘yinda ham mag‘lub eta olmagan: bir uchrashuvda 3:1 hisobida yutqazgan, ikkinchisida esa 2:2 hisobida durang o‘ynagan.
“Chelsi”: Sanches; Achimpong, Chaloba, Hato, Kukurelya; Enso Fernandes, Kaysedo; Palmer, Joau Pedro, Netu; Delap.
“Lids”: Perri; Stroyk, Biyol, Rodon; Bogl, Ampadu, Tanaka, Gudmundsson; Aaronson, Okafor; Kalvert-Lyuin.
Bugungi futbol kuni shu bilan yakunlanmaydi. Toshkent vaqti bilan 23:45 da Italiya A Seriyasida “Milan” va “Yuventus” to‘qnash keladi. Bu o‘yin ham yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun muhim ahamiyatga ega: “Milan” 66 ochko bilan 3-o‘rinda, “Yuventus” 63 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.