Saida Mirziyoyeva Urgut tumaniga bordi

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon
Saida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2026
Obuna bo‘lish
"Navoiy" oilaviy poliklinikasidagi yangilangan tug‘ruqxona 16ta qishloq ayollariga xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Prezident Administratsiyasi rahbari Samarqand viloyatining Toyloq va Urgut tumanlariga bordi, deb xabar qilmoqda uning telegram kanali.

Urgut tumanida Saida Mirziyoyeva yangilangan "Navoiy" oilaviy poliklinikasini borib ko‘rdi.

"Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra tubdan qayta qurilgan "Navoiy" oilaviy poliklinikasiga ham bordik. Bu yerdagi 16 ta qishloqning ayollariga xizmat ko‘rsatayotgan tug‘ruq bo‘limi eng zamonaviy talablarga javob beradi. Kuni kecha ushbu dargohda birinchi chaqaloq – Shavkatjon dunyoga keldi. Men buni boshlagan barcha ishlarimizning xayrli ekaniga bir ishora, deb bildim", - deyiladi xabarda.

© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon
Saida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2026
Saida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Saida Mirziyoyevaning Urgut tumaniga tashrifi davomida u yerdagi tug‘ruqxonadagi holat tanqid qilingan edi.
Shuningdek Prezident Administratsiyasi rahbari Toyloq tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv tarmoqlari qanday rekonstruksiya qilinayotgani ko‘zdan kechirdi.
© Telegram/Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon
Saida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2026
Saida Mirziyoyeva posetila Urgutskiy rayon
Yangiliklar lentasi
0