Putinning G20 sammitida ishtirok etishi juda foydali bo‘lardi — Tramp

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vostochnoy komnate Belogo doma v Vashingtone.
Prezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vostochnoy komnate Belogo doma v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2026
Obuna bo‘lish
Moskvaning sammitda qanday formatda intirok etishi forumga yaqinroq aniq bo‘ladi — Peskov.
TOShKENT, 24 apr — Sutnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Mayamidagi G20 sammitida ishtirok etishi juda foydali bo‘lishini aytdi.
"Agar u kelsa, bu juda foydali bo‘lardi", dedi Tramp Oq uydagi tadbirda jurnalistlarga bu haqda berilgan savolga javoban.
Biroq, Tramp Putin G20 uchrashuviga taklif qilinganmi yoki yo‘qligini bilmasligini aytdi. Shuningdek, u Rossiya prezidentining bo‘lajak sammitda shaxsan ishtirok etishiga shubha bildirdi.
Vashington Post gazetasi payshanba kuni Oq uy rasmiylariga tayanib, Tramp Putinni dekabr oyida AQSh prezidentining Mayamidagi Doral golf kurortida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif qilish niyatida ekanligini xabar qildi.
Bir kun oldin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin RIA Novosti savoliga javoban Rossiya Qo‘shma Shtatlardagi G20 sammitida eng yuqori darajada taklif qilinganini aytgan edi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir kun oldin Rossiya prezidentining AQShda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishi bo‘yicha hali qaror qabul qilinmaganligini, Moskvaning qanday formatda vakillik qilishi forumga yaqinroq aniq bo‘lishini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0