O‘zbekiston va Turkiya harbiy sohada hamkorlikni chuqurlashtirishga intilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTurkiya bilan harbiy hamkorlik
Turkiya bilan harbiy hamkorlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2026
Obuna bo‘lish
Ikki davlat mudofaa vazirliklari tomonidan qo‘shma tadbirlar tashkil etilmoqda, birgalikda harbiy mutaxassislar tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berdi.
Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ham ishtirok etdi.
Ikki davlat orasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Harbiy-texnik hamkorlik izchil rivojlanib, jumladan, idoralararo aloqalar kengayib borayotgani, qo‘shma tadbirlar tashkil etilib, harbiy mutaxassislar tayyorlanayotgani alohida ta’kidlandi.
Harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasidagi intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0