https://oz.sputniknews.uz/20260423/uy-joy-yosh-oilalar-arzon-ipoteka-57093528.html
“Yoshlar” strategiyasi: uy-joyi yo‘q yosh oilalarga arzonroq ipoteka beriladi
“Yoshlar” strategiyasi: uy-joyi yo‘q yosh oilalarga arzonroq ipoteka beriladi
Sputnik O‘zbekiston
“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasiga ko‘ra, 2027-yildan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga arzonroq ipoteka beriladi. Shuningdek, iqtidorli o‘qituvchilar xorijiy stajirovkaga yuboriladi, chekka hududlarda til o‘qitish markazlariga foizsiz ssuda ajratiladi.
2026-04-23T10:50+0500
2026-04-23T10:50+0500
2026-04-23T11:29+0500
ipoteka
jamiyat
o‘zbekiston
markaziy bank
kredit
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57094323_0:18:720:424_1920x0_80_0_0_a0293b059c497a6296a8a7c9c2cf00a3.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun arzonroq ipoteka ajratish tartibi joriy etiladi. Bu 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.Farmonga ko‘ra, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.Bunday ipoteka ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, ular nomida so‘nggi uch yilda ko‘chmas mulk bo‘lmagan yosh oilalarga beriladi. Hozir Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizni tashkil etadi. Bu shartli hisob bo‘lib, aniq summa bank shartlari, muddat va boshlang‘ich badalga qarab farq qiladi.Hujjatda ta’lim sohasi uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan. Xususan, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijaga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.Shuningdek, olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etgan yoki faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha foizsiz ssuda ajratiladi. Amaldagi BHM 412 ming so‘m bo‘lgani uchun bu hozirgi hisobda 300,76 million so‘mga teng.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/mirziyoev-yoshlar-strategiya-57012606.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57094323_62:0:695:475_1920x0_80_0_0_247a2ceb2000ba6b40a4aa6fb51feae8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ipoteka, jamiyat, o‘zbekiston, markaziy bank, kredit, ta’lim
ipoteka, jamiyat, o‘zbekiston, markaziy bank, kredit, ta’lim
“Yoshlar” strategiyasi: uy-joyi yo‘q yosh oilalarga arzonroq ipoteka beriladi
10:50 23.04.2026 (yangilandi: 11:29 23.04.2026) 2027 yildan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga arzonroq ipoteka beriladi. Shuningdek, iqtidorli o‘qituvchilar xorijiy stajirovkaga yuboriladi, chekka hududlarda til o‘qitish markazlariga foizsiz ssuda ajratiladi
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2027-yil 1-yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun arzonroq ipoteka ajratish tartibi joriy etiladi. Bu 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi prezident
farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan yuqori qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bunday ipoteka ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan, shuningdek, ular nomida so‘nggi uch yilda ko‘chmas mulk bo‘lmagan yosh oilalarga beriladi. Hozir Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizni tashkil etadi.
Masalan, tijorat banki 200 million so‘m ipotekani 20-yilga 18 foiz bilan ajratsa, budjet 14 foizdan yuqori bo‘lgan 4 foizlik qismni qoplaydi. Natijada oylik annuitet to‘lovi taxminan 3,1 million so‘m o‘rniga 2,5 million so‘mga tushishi mumkin.
Bu shartli hisob bo‘lib, aniq summa bank shartlari, muddat va boshlang‘ich badalga qarab farq qiladi.
Hujjatda ta’lim sohasi uchun ham qator yengilliklar nazarda tutilgan. Xususan, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijaga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.
Shuningdek, olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etgan yoki faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha foizsiz ssuda ajratiladi. Amaldagi BHM 412 ming so‘m bo‘lgani uchun bu hozirgi hisobda 300,76 million so‘mga teng.