https://oz.sputniknews.uz/20260423/kelajak-energetika-komir-orin-57107270.html
Kelajak energetikasida ko‘mirning o‘rni bormi: Markaziy Osiyo va Xitoy misoli
Kelajak energetikasida ko‘mirning o‘rni bormi: Markaziy Osiyo va Xitoy misoli
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB tahlilchilariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda energiya almashinuvi ko‘mirdan voz kechish emas, balki uni modernizatsiya qilish va qayta tiklanadigan manbalar bilan uyg‘unlashtirishni talab qiladi.
2026-04-23T17:14+0500
2026-04-23T17:14+0500
2026-04-23T17:14+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
yeotb
energetika
qozog‘iston
xitoy
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/95/97/959722_0:130:3077:1860_1920x0_80_0_0_c0e0ae82894b2c4a74eba53474f3cfeb.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari YeIKda o‘tgan “YeOIIga a’zo davlatlarning energiya xavfsizligini mustahkamlashda muqobil energiya manbalarining roli” mavzusidagi davra suhbatida zamonaviy ko‘mir generatsiyasi hali ham energetikada muayan o‘rin saqlab qolishini ta’kidladi.Muhokamada qayd etilishicha, bugungi ko‘mir ishlab chiqarish avvalgi modeldan ancha farq qiladi. Gap bug‘ning yuqori samaradorlik va zamonaviy tozalash tizimlari haqida ketmoqda. Bunday yondashuv SO2, shuningdek chang, oltingugurt va azot oksidlari hamda kul chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.YeOTBning 2026-yilgi “Markaziy Osiyo energetikasi: energetika sektorini modernizatsiya qilish va energiya almashinuvi” hisobotida ham shu yondashuv ilgari surilgan. Unda mintaqa uchun eng maqbul “o‘rta yo‘l” strategiyasi taklif qilinib, energiya xavfsizligi, elektr ta’minoti barqarorligi va ekologik talablar o‘rtasida muvozanat izlash zarurligi ta’kidlangan.Tahlilchilar fikricha, ko‘mir hozircha bazaviy generatsiyaning barqaror manbai bo‘lib qolmoqda. Biroq uning roli o‘zgarishi kerak: eski va samarasiz quvvatlar o‘rniga qayta tiklanadigan energiya manbalari, elektr tarmoqlari va energiya saqlash tizimlari bilan birga ishlay oladigan yanada texnologik va moslashuvchan obyektlar kelishi lozim.Mamlakatlar misolida bu yondashuv allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. Xitoyda 2060-yilga borib ham energetika tizimida taxminan 420 GVt ko‘mir quvvati saqlanib qolishi mumkin.Qozog‘iston esa 7,8 GVt quvvatlarni ishga tushirish va modernizatsiya qilish, sakkizta yangi energiya manbasini qurish va 11 ta mavjud stansiyani yangilashni rejalashtirgan. Bu dastur uchun 7,5 trln tenge, ya’ni taxminan 16,3 mlrd dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260209/kazakhstan-gres-qurilish-reja-55570563.html
qozog‘iston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/95/97/959722_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_e61b8978cc153d35257a5ba7ed96043a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), yeotb, energetika, qozog‘iston, xitoy, elektr energiyasi
yeoii, yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb), yeotb, energetika, qozog‘iston, xitoy, elektr energiyasi
Kelajak energetikasida ko‘mirning o‘rni bormi: Markaziy Osiyo va Xitoy misoli
YeOTB tahlilchilari Markaziy Osiyoda energiya almashinuvi ko‘mirdan to‘liq voz kechish emas, balki uni modernizatsiya qilish va qayta tiklanadigan manbalar bilan uyg‘unlashtirishni talab qilishini bildirdi
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari YeIKda o‘tgan “YeOIIga a’zo davlatlarning energiya xavfsizligini mustahkamlashda muqobil energiya manbalarining roli” mavzusidagi davra suhbatida zamonaviy ko‘mir generatsiyasi hali ham energetikada muayan o‘rin saqlab qolishini ta’kidladi.
Muhokamada
qayd etilishicha, bugungi ko‘mir ishlab chiqarish avvalgi modeldan ancha farq qiladi. Gap bug‘ning yuqori samaradorlik va zamonaviy tozalash tizimlari haqida ketmoqda. Bunday yondashuv SO2, shuningdek chang, oltingugurt va azot oksidlari hamda kul chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.
YeOTBning 2026-yilgi “Markaziy Osiyo energetikasi: energetika sektorini modernizatsiya qilish va energiya almashinuvi” hisobotida ham shu yondashuv ilgari surilgan. Unda mintaqa uchun eng maqbul “o‘rta yo‘l” strategiyasi taklif qilinib, energiya xavfsizligi, elektr ta’minoti barqarorligi va ekologik talablar o‘rtasida muvozanat izlash zarurligi ta’kidlangan.
Hisobotga ko‘ra, Markaziy Osiyoda energiya almashinuvi “ko‘mir yoki qayta tiklanadigan manbalar” o‘rtasidagi tanlov emas, balki turli manbalarni bosqichma-bosqich uyg‘unlashtirish jarayonidir.
Tahlilchilar fikricha, ko‘mir hozircha bazaviy generatsiyaning barqaror manbai bo‘lib qolmoqda. Biroq uning roli o‘zgarishi kerak: eski va samarasiz quvvatlar o‘rniga qayta tiklanadigan energiya manbalari, elektr tarmoqlari va energiya saqlash tizimlari bilan birga ishlay oladigan yanada texnologik va moslashuvchan obyektlar kelishi lozim.
Mamlakatlar misolida bu yondashuv allaqachon ko‘zga tashlanmoqda. Xitoyda 2060-yilga borib ham energetika tizimida taxminan 420 GVt ko‘mir quvvati saqlanib qolishi mumkin.
Qozog‘iston esa 7,8 GVt quvvatlarni ishga tushirish va modernizatsiya qilish, sakkizta yangi energiya manbasini qurish va 11 ta mavjud stansiyani yangilashni rejalashtirgan. Bu dastur uchun 7,5 trln tenge, ya’ni taxminan 16,3 mlrd dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan.