Nikita Svetkov “Fergana Grand Prix” musobaqasida g‘olib bo‘ldi

© Press-slujba NOKNikita Svetkov oderjal pobedu na turnire "Fergana Grand Prix"
Nikita Svetkov oderjal pobedu na turnire Fergana Grand Prix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
Farg‘onada 20–21 aprel kunlari o‘tgan xalqaro “Fergana Grand Prix” velopoygasida Nikita Svetkov 141 kmlik 2-bosqichda va umumiy hisobda birinchi bo‘ldi
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Farg‘onada veloshosse bo‘yicha xalqaro Fergana Grand Prix musobaqasi yakunlandi. 2-bosqichda O‘zbekiston vakili Nikita Svetkov 141 kilometrlik masofani 3:25:41 vaqt bilan bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Bu haqda MOQ matbuot xizati xabar berdi.
Ikki bosqich yakuniga ko‘ra, Svetkov musobaqa umumiy hisobida ham g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni ispaniyalik Xuan Pedro Losano, uchinchi o‘rinni esa belaruslik Raman Tishkov egalladi.
Turnir 20–21 aprel kunlari Farg‘onada o‘tkazildi va u UCI taqvimidagi 2.2 toifali xalqaro ko‘p bosqichli shosse poygasi hisoblanadi. Musobaqaning 1-bosqichida Xuan Pedro Losano g‘olib chiqqan, Svetkov esa ikkinchi bo‘lgan edi.
Farg‘onadagi musobaqalarda O‘zbekiston va boshqa davlatlardan 150 ga yaqin sportchi qatnashdi. Erkaklar bellashuvi bilan birga Grand Prix Fergana Ladies poygasi ham o‘tkazildi.
Sbornaya Uzbekistana po velotreku na ChA na Filippinax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2026
O‘zbekiston velotrekchilari Osiyo chempionatida 1 ta oltin va yana 3 medal qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0