Ikki madaniyat, bir maydon: Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston san’ati muloqoti

Obuna bo‘lish
Toshkent Fotosuratlar uyida ochilgan “Art-karvon: madaniyatlar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy bog‘liqlikni san’at orqali namoyon etmoqda
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. 21 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Toshkent Fotosuratlar uyida “Art-karvon: madaniyatlar muloqoti” nomli xalqaro ko‘rgazma ochildi.
Mazkur loyiha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy muloqotni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim badiiy maydon sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, estetik qarashlar uyg‘unligi va tarixiy mushtaraklik g‘oyalarini yoritib beradi. Tashrif buyuruvchilar Rossiya va O‘zbekiston hududlarining rang-barangligi, milliy an’analari va ularning zamonaviy san’atdagi ifodasini yaqindan his qilish imkoniga ega.
Loyihaning markaziy timsoli bo‘lgan “karvon” harakat, almashinuv va madaniy bog‘lanish ramzi sifatida talqin etilgan. Ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlar bir nechta muhim yo‘nalishlardagi muloqotni aks ettiradi: badiiy meros va zamonaviy ifoda uyg‘unligi, rassomlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik, shuningdek, makon va tabiatning asarlardagi o‘rni.
“San’at karvoni — bu g‘oyalar, obrazlar va madaniy kodlarni birlashtiruvchi, Sharq va G‘arb an’analarini uyg‘unlashtiruvchi tirik ijodiy jarayondir”, — deydi loyiha rahbari Irina Kovalenko.
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Dialog kultur Rossii i Uzbekistana: vzglyad cherez iskusstvo - Sputnik O‘zbekiston
1/17

2/17

3/17

4/17

5/17

6/17

7/17

8/17

9/17

10/17

11/17

12/17

13/17

14/17

15/17

16/17

17/17
Ekspozitsiyada Rossiyadan tashrif buyurgan besh nafar rassomning ishlari namoyish etildi. Ular har biri o‘z uslubi orqali ikki xalq madaniyati o‘rtasidagi muloqotni o‘ziga xos badiiy yechimlarda ifoda etgan. Tabiiy manzaralar, etnomadaniy xilma-xillik va tarixiy xotira asarlarning asosiy mazmuniga aylangan.
2022 yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan “Art-karvon” loyihasi doirasida qo‘shma plenerlar, ko‘rgazmalar va davra suhbatlari tashkil etilib, ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda. Loyiha xalq diplomatiyasini rivojlantirish va mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0